Samir Nasri Saudiya Arabistoni klubiga o'tishi mumkin
25 iyu 2019 10:36
Yangiliklar


Samir Nasri Saudiya Arabistoni klubiga o'tishi mumkin
"Vest Xem"ning franciyalik yarim himoyachisi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Futbolchiga juda ko'p klublardan taklif bo'lmoqda. Nasri 3 yilgacha bo'lgan shartnoma tuzadi. Unga Saudiya Arabistoni klublaridan taklif bo'lmoqda. Bundan tashqari, unga Avstraliyaning "Vestern Yunayted" jamoasi ham qiziqmoqda.
31 yoshli Nasri "Marsel" tarbiyalanuvichisi hisoblanadi. O'yinchi "Vest Xem"dan tashqari "Marsel", "Arsenal", "Manchester Siti", "Sevilya" va "Antalyaspor" klublarida to'p surgan.
Samir Nasri 2007 yildan 2014 yilgacha Franciya terma jamoasida harakat qilgan.
Futbolchi yakunlangan mavsum atigi 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta samarali to'p uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar