Samarqandda Bolalar kuniga bag'ishlangan turnir yakunlandi Yangiliklar

Samarqandda Bolalar kuniga bag'ishlangan turnir yakunlandi

Kecha Samarqand viloyat futbol federaciyasi Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga bag'ishlab, viloyat birinchiligi turnirini tashkil etdi.

Bu musobaqa 2003-2004 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida o'tkazildi. Jami 6ta jamoa ishtirok etgan musobaqada birinchi o'rinni Samarqand shahrining “OZTM” jamoasi egalladi. Ikkinchi va Uchinchi o'rinlarni Urgut tumanining “BO'SM” va Samarqand tumanining “Maroqand” jamoalari qo'lga kiritishdi.

Turnir so'ngida g'olib jamoalarga va turnirning eng yaxshi o'yinchilariga diplom va esdalik sovg'alar topshirildi.

1-o'rin: “OZTM” (Samarqand shahri)
2-o'rin: 
“BO'SM” (Urgut tumani)
3-o'rin: 
“Maroqand” (Samarqand tumani)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика