So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  57 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

Samarqand shahri "El Klassiko" haqidagi videorolik manzili bo'ldi Yangiliklar

Samarqand shahri "El Klassiko" haqidagi videorolik manzili bo'ldi

Bugun, 10 aprel soat 23:55 da "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv boshlanadi. CHempionlik poygasiga sezilarli ravishda tasir ko'rsatadigan ushbu o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi.

"El-Klassiko" futbol tarixidagi eng qaynoq baxslardan biri sanaladi. La Liga tomonidan "Al Mumtoz"ni yanada ommalashtirish maqsadida bir necha xalqaro loyihalar amalga oshirilyapti.

SHunday loyihalardan biri aynan bizning yurtimizga ham kirib keldi.

"El-Klasiko"ni dunyoning barcha nuqtalaridan muhlislar tomosha qilishini ko'rsatadigan videorolikda Yava orollari, Keniyadagi Maasai qabilalari, Germaniyadagi Aybze ko'li bilan bir qatorda afsonaviy va go'zal Samarqand shahri ham ishtirok etgan. Rolikda dunyoning barcha go'zal nuqtalarida "El-Klassiko"ni tomosha qilish uchun maxsus markazlar tashkil qilingani aks etgan.



La Liganing Markaziy Osiyodagi vakili va Samarqanddagi loyihaning tashabbuskori Xais Rahmoni quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Biz bunday katta o'yinlar orqali insonlar va turli madaniyatlarni birlashtirishni maqsad qilganmiz. Butun dunyodagi ispan futboli muxlislari O'zbekistonning naqadar go'zal yurt ekanligini shu rolik orqali bilib olishlari, shu bilan birga mahalliy muhlislarni shunday katta o'yinlar orqali o'z shaharlariga qiziqishlarini oshirishni maqsad qilganmiz".


Ispaniya hukumati muxlislarning stadionlarga kirishini taqiqlangan bo'lsa ham, La Liga ishqibozlarga o'zlarini huddi stadionda turgandek his qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan. O'yinchilarni yirik planda ko'rsatuvchi rakurs aynan shular jumlasidandir. La Liga translaciyalaridagi yangi grafik dizayndagi kadrlar, statistik malumotlar muxlislarga xuddi real hayotdagidek taassurotlar berishiga qaratilgan. Dronlar va boshqa vositalardan olingan tasvirlar ham aynan shunga qaratilgan.
Ushbu o'yinga ikki hafta qolganda 22 ta xalqaro ijtimoiy tarmoq kanallari o'yin haqida malumotlar berishni boshlab yuborishgan. Ular umumiy hisobda 130 million obunachiga ega.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика