Samandar SHodmonov: "Tur ramziy terma jamoasiga kirishimni hayolimga ham keltirmagandim"
16 apr 2014 10:47
Yangiliklar

Samandar SHodmonov: "Tur ramziy terma jamoasiga kirishimni hayolimga ham keltirmagandim"
Joriy mavsumni Qizilqumda boshlagan Samandar SHodmonov yangi jamoasida ham etakchi o'yinchilardan biriga aylandi.
5-turda sobiq jamoasi "Mashal"ga qarshi kechgan uchrashuvda SHodmonov shu kuni boshqa futbolchilarga nisbatan faol harakat qildi. shu bois uni "SA" ijodkorlari turning ramziy terma jamoasiga kiritdi.
- Telefonimdan championat.uz adresi bo'yicha kiraman. Boshqa saytlarga nisbatan bu saytni juda hurmat qilaman. CHunki xabarlar tezkorlik bilan berib boriladi. Ayniqsa boshqa uchrashuv natijalari bilan operativlik bilan tanishib borish imkoniyatiga ega bo'lmoqdamiz. Har bir o'yindan yangi rasmlarni berib borilishi ham men kabi boshqa futbolchilarni ham qiziqtiradi va ularni saytga kirishiga turtki beradi.
- Matbuotda nima bo'layotgani bilan doimo qiziqib boraman. Buning uchun internet saytlariga kirishdan tashqari har hafta futbolga oid gazetalarni ham sotib olib mutolaa qilaman. Oldingi tur ramziy terma jamoalarini ham ko'rganman.
- Ochig'ini aytsam, 5-tur ramziy terma jamoasidan o'rin olishimni kutmagandim. CHunki jamoam bu turda o'z maydonida g'alaba qozona olmadi. Qolaversa o'zim ham qulay vaziyatlardan unumli foydalana bilmadim. SHu bois shaxsan o'zim shu kuni namoyish etgan o'yinimdan ko'nglim to'lmadi. Lekin championat.asia saytining ijodkorlariga shunchalik etibor qaratgani uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. Nasib qilsa kelasi turlarda bundan-da mazmunli o'yin ko'rsatishga harakat qilaman", - deydi Samandar SHodmonov.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar