Salohning "Liverpul" bilan yangi shartnomasining moliyaviy shartlari malum
11 apr 18:16
Yangiliklar


Salohning "Liverpul" bilan yangi shartnomasining moliyaviy shartlari malum
Hujumchi 2024/2025 yilgi mavsumdan keyin ham mersisaydliklar safida qoladi.
11 aprel, juma kuni misrlik hujumchi Muhammad Saloh "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzoladi.
Klub futbolchi bilan yangi bitim shartlarini oshkor qilmadi. Insayderning xabar berishicha, shartnoma 2 yilga tuzilgan.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, Saloh "Liverpul"dan avvalgidek pul oladi – yiliga 20 mln funt yoki haftasiga taxminan 400 ming funt. Shuningdek, kelishuv bonuslar va ish natijalariga asoslangan mukofotlarni ichiga oladi. Agar Muhammad mavsum davomida kamida 20 ta gol ursa, qo'shimcha rag'batlantirish bor.
Muhammad Saloh 2017 yildan buyon o'ynab kelayotgan "Liverpul” uchun barcha musobaqalarda 394 o'yin o'tkazib, 243 ta gol urdi va 111 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar