

Unga ko'ra, “Liverpul” forvardi Muhammad Salohning faoliyati haqidagi ma'lumotlarni endi Misrdagi maktab darsliklarida o'qish mumkin.
O'quvchilar istedodli futbolchi haqidagi qiziqarli faktlarni bilgan holda hayotda o'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'yish va ularga erishish uchun kerak bo'lgan tushunchalarga ega bo'lishadi.
29 yoshli hujumchi 2017 yildan beri mersisaydliklar sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum APLda 10ta gol (+5 assist) urgan holda to'purar bo'lib turibdi.



