So’nggi yangiliklar

14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  4 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  3 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14

Salohdan Ronaldugacha: futbolchilarning o'xshamagan haykallari Yangiliklar

Salohdan Ronaldugacha: futbolchilarning o'xshamagan haykallari

Noodatiy yasalgan 7 ta "sanat asari"ni namoyish etamiz.

Dunyo bo'ylab ko'plab futbol klublari bazi taniqli yulduzlarni yutuqlari va chempionliklari uchun etirof etish hamda ularning eng yaxshi lahzalarini yodga olishning ajoyib usuli sifatida yodgorliklarni yaratishga intiladi.

Yillar davomida o'yinchilarning haykallarini yasash bazan muvaffaqiyatli, bazida muvaffaqiyatsizlik ko'rinish olgan.

Ulardan bazilari odamlarning hayratiga sazovor bo'lgan, boshqalari esa yumor mavzusiga aylangan. SHu munosabat bilan mashhurlar uchun muvaffaqiyatsiz yaratilgan o'xshamagan sanat asarlari bilan tanishamiz.

Harri Keyn

Londonning Uolxem kengashi tomonidan buyurtma qilingan Keyn haykali uchun 2019 yilda 9000 dollardan ko'proq mablag' sarf qilingan, biroq ushbu ko'rgazma ombordan tashqariga chiqmadi. Ammo haykalning ochilishi o'tkazildi, chunki suratlarda Keynning Angliya termasi libosida tizzasida to'p bilan skameykada o'tirgani aks etgan.

Angliyalik futbolchi yodgorligi ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo'ldi, chunki u hujumchiga unchalik o'xshamasdi, chunki uning boshi ingichka va tanasiga nisbatan juda uzun edi.

Muhammad Saloh

Misrlik haykaltarosh May Abdallaning Misr terma jamoasi va "Liverpul" yulduzi Muhammad Salohga bag'ishlangan ijodiy ishi Butunjahon yoshlar forumida namoyish etilganidan keyin noroziliklarga sabab bo'lgan. Haykal surati tezda internetda tarqaldi va shov-shuvga sabab bo'ldi. 

Biroq hujumchi bundan xafa bo'lmagan va tanqidlarga uchragan haykaltaroshni ijodini davom ettirishga chorlab, unga dalda bergan.

Krishtianu Ronaldu

Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu 2017 yilda Madeyra aeroportida ochilgan haykali bilan suratga tushdi. Biroq haykal unga umuman o'xshamagandi. SHunchaki yoqimsiz ko'rinishdagi haykal edi.

Tanqidlardan so'ng yoki haykaltarosh o'z ijodiy ishiga o'zgartirishlar kiritish imkoniyatiga ega bo'ldi va uning ikkinchi urinishi birinchisiga qaraganda biroz yaxshiroq ko'rinishga ega bo'ldi.

Garet Beyl

Krishtianu Ronaldu asari orqali bahs-munozaralarga sababchi bo'lgan o'sha "ijodkor" 2017 yilgi UEFA CHempionlar ligasi finali oldidan Kardiff shahrida uelslik Garet Beylning haykalini yasagan. Biroq uni bir qarashda "Barselona" futbolchisi Jerar Pike deb o'ylashingizga shubha yo'q.

Luis Suares

2016 yil Urugvayda Alberto Morales Saraviya Urugvay terma jamoasi libosini kiygan hamda o'ng qo'lini yuqoriga ko'targan va oyog'iga tush ushlab turgan hujumchi Luis Suares haykalini yasadi. Biroq uning metalldan ishlangan ko'rinishi aslidan butkul farq qilgan.

Maykl Essen

Ganalik sobiq futbolchi Maykl Essenning ona shahri, poytaxt Akkrada ochilgan haykali kulgili sharhlarga sabab bo'ldi.

Ommaviy axborot vositalari Essen haykalini “dahshatli” deya tariflab, yuz qiyofasi tubdan farq qilgani, “CHelsi” sobiq yulduzining tizzalari juda nozik va tananing qolgan qismlari bilan mutanosib bo'lmaganini takidladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика