Saloh qizaloqdan kechirim so'radi
17 noy 2018 15:19
Yangiliklar


Saloh qizaloqdan kechirim so'radi
"Liverpul" va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Tunisga qarshi Afrika Millatlar Kubogi o'yinidan (3:2) so'ng, 90-daqiqada g'alaba to'pini kiritgani uchun yosh muxlisadan kechirim so'radi.
Uchrashuv paytida qizaloq quyidagi so'zlar yozilgan plakatni ko'tarib turgan edi: "Saloh, iltimos gol ur. Men uyga qaytmoqchiman. Uyga vazifalarimni bajarishim kerak".
"Seni tezroq uyga qaytarishga harakat qildim. Seni oxirgi daqiqagacha kutishga majbur qilganim uchun kechirim so'rayman. O'qituvching buni tushunadi deb umid qilaman" - deya javob qaytardi Saloh.
Misr terma jamoasi g'alaba tufayli turnir jadvalida Tunisdan o'tib ketdi. Ikkala jamoa 12 ochkodan to'plashdi va Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etish masalasini ijobiy hal qilishdi.
O’xshash yangiliklar
14:33
Rays, Brunu, Saloh... PFA APLda yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni elon qildi 8

Fikrlar