Saloh qachon safga qaytishi malum bo'ldi
10 may 2019 23:55
Yangiliklar


Saloh qachon safga qaytishi malum bo'ldi
Misrlik forvard Muhammad Saloh APLning yakuniy 38-turida maydonga qaytadi, deya xabar beradi Liverpul rasmiy sayti.
Manbaning xabar berishicha, Saloh «Nyukasl»ga qarshi (2:3) bahsda boshidan olgan jarohatidan forig' bo'lgan. Miya chayqalishi sababli, hujumchi ECHLning yarim final «Barselona»ga qarshi javob bahsini (4:0) o'tkazib yuborgandi.
SHuningdek, qayd etilishicha, kataloniyaliklar bilan o'yinda sog'ligidagi muammolar tufayli zaxiraga olingan mersisaydliklar himoyachisi Endryu Robertson ham safga qaytgan. «Qizillar»ning braziliyalik futbolchisi Roberto Firminoning esa qachon tarkibga qo'shilish hozircha malum emas.
Eslatib o'tamiz, «Liverpul» – «Vulverxempton» o'rtasidagi chempionatning so'nggi tur uchrashuvi 12-may kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanishi kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar