Saloh koronavirusga qarshi kurash uchun katta mablag'ni xayriya qildi
19 mar 2020 23:55
Yangiliklar


Saloh koronavirusga qarshi kurash uchun katta mablag'ni xayriya qildi
“Liverpul” etakchilaridan biri Muhammad Saloh navbatdagi oliyjanoblikka qo'l urdi.
Forvard koronavirusga qarshi kurash uchun o'z vatani Misrga 1,17 million (20 mln Misr funti) evro xayriya qildi. Bu haqda mamlakatning sobiq sport vaziri Holid Abdulaziz twitter'dagi sahifasi orqali malum qilgan.
"Saloh COVID-19 (koronavirus)ga qarshi kurash uchun 20 million (taxminan 1 mln Britaniya funti) Misr funtini xayriya qildi. Bu o'z mamlakatidagi sport ramziga aylangan haqiqiy misrlikning harakatidir", deya qayd etgan Holid Abdulaziz.
Avvalroq, mersisaydliklarning boshqa bir azosi Sadio Mane ham koronavirusga qarshi kurash uchun o'z vataniga moddiy yordam puli jo'natgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar