Saloh Klopp bilan urushib qolgan
07 mar 2021 17:34
Yangiliklar


Saloh Klopp bilan urushib qolgan
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh yozda jamoani tark etishi mumkin.
"AS" xabariga ko'ra, so'nggi bir necha oylar davomida futbolchi bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan urushib qolgani sababli gaplashishmayapti. "CHelsi"ga qarshi o'yinda 62-daqiqada zaxiraga olingani uchun noroziligini ochiqcha namoyish qilgandi.
Oldinroq uning xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'layotganligi aytilgandi. Ushbu mavsumda 28 yoshli Saloh "Liverpul" tarkibida 37 o'yinda 24 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar