Saloh "CHelsi"ga qaytmaydi. "Liverpul" futbolchini raqobatchisiga bermoqchi emas
10 may 2021 20:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636227_original.jpg)
![](/upload/storage/636227_220.jpg)
Saloh "CHelsi"ga qaytmaydi. "Liverpul" futbolchini raqobatchisiga bermoqchi emas
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "CHelsi"ga qaytmaydi.
Avvalroq 28 yoshli futbolchi hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan "aristokratlar"ning qisqa ro'yxatiga kiritilgani aytilgan edi.
"The Athletic" jurnalisti Jeyms Pirsning takidlashicha, "qizillar" rahbariyati Salohni klubning bevosita raqobatchisiga berib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, misrlik futbolchining transfer huquqi 2014-2016 yillarda "CHelsi"ga tegishli edi. U bu muddat ichida "Fiorentina" va "Roma"ga ijaraga berilgan.
APLning joriy mavsumida 33 o'yin o'tkazgan Saloh 20 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar