So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  20 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Salimjon Zokirov: "Zomin" anchagina kuchli jamoa" Yangiliklar

Salimjon Zokirov: "Zomin" anchagina kuchli jamoa"

PRO-Liga 7-turidan o'rin olgan “Yozyovon”- “Zomin” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Bugun sizning jamoangiz qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. Avvalo g'alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv haqidagi fikrlaringiz qanday?
- Rahmat tabrik uchun! Bugun biz PRO-Liga “V” gruhidagi eng kuchli jamoalardan biriga qarshi maydonga tushdik. “Zomin” jamoasi ancha vaqtlardan beri ilgarigi “Birinchi liga” bahslarida muntazam qatnashib kelgan jamoa, bu jamoa har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib keladi. Bugun biz raqibimizning kuchidan kelib taktika tanladik, himoyaviy o'yin ko'rsatik va o'zimiz uchun kerakli bo'lgan natijaga erishdik, bundan judayam xursandman.

- Bundan kelib chiqish mumkinki, bugun bosh murabbiy qo'llagan taktika ish berib, “Yozzvon” jamoasi g'alaba qozondi...
- Yuqorida aytdim, bugun raqibimiz juda kuchli edi, shu bois o'yinga jiddiy hozirlik ko'rdik. Biz qo'llagan himoyaviy o'yin bugun ish berdi. SHuningdek biz tanlagan taktikani futbolchilarimiz maydonda ijro etib berishdi, bular bizning g'alabamizni taminlovchi omillar bo'ldi. Uchrashuvda shunday vaziyat bo'ldiki, bizning futbolchimiz yakuniy pallada xatoga yo'l qo'ydi va “Zomin” jamoasi juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Darvozamizga kirib ketayotgan to'pga bir amallab himoyachimiz ulgurib qoldi. Agar raqib shu vaziyatda gol kiritganda bugungi rejalarimiz barbod bo'lishi tayin edi.      


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика