So’nggi yangiliklar

17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  0 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  12 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1

Salimjon Zokirov: “Yozyovon”dagi pasayish vaqtincha" Yangiliklar

Salimjon Zokirov: “Yozyovon”dagi pasayish vaqtincha"

Pro-liga 25-turidan o'rin olgan “Yozyovon-Lochinlari” - “Zomin” (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Endi o'zlaring ko'rib guvoh bo'ldilaring, bugungi uchrashuvda to darvozamizdan birinchi golni qo'yib yuborgunimizga qadar uchrashuvda biz ustunlikka erishdik. Ko'plab vaziyatlarda omad bizdan yaqqol yuz o'girdi, to'p darvozaga kirishni hohlamasa qiyin ekan. O'sha o'z maydonimizda “SHerdor” jamoasidan uchragan mag'lubiyatimizdan so'ng, bizning futbolchilarda ruhiy tomondan tushkunlik kayfiyati kuzatilmoqda. Yigitlarimiz nimagadir o'z o'yinlarini topib olishga qiynalishmoqda.

Jamomamizdagi pasayish jarayonini sababi balki shu xolat tufayli yuzaga kelayotgandir, axir birinchi davrada o'zlaring ko'rdilaring, o'z maydonimizda biron marta mag'lubiyatga uchramagan edik. Bu xolatni ikkinchi omili sifatida ayrim jamoalarda kuzatilayotgani kabi bizning jamoada ham ozgina muammolar bor. Bu muammolarni yaxshi bo'lib ketishiga ishonamiz, shu bois sabr qilayapmiz. Lekin jamoamiz futbolchilari yosh, balki shu tufayli ularda jamoamizdagi muammolarni qabul qilishga qiynalishmoqda. SHu ikkinchi omil ham o'ziga sabablar bilan o'yinimizga tasir ko'rsatmoqda. O'ylaymanki hammasi yaxshi bo'lib ketadi, bizni jamoada ozgina muammoli kunlar bo'lsa, tez orada bartaraf etiladi, hamisha shunday bo'lgan. Nazariy jihatdan biz turnir jadvalida kuchli uchlikka kirish uchun imkoniyatimiz bor, demak biz bunga intilamiz. Bizdagi xolat yana takrorlayman vaqtincha, tez orada o'z o'yinimizni topib olamiz va g'alabalarga erishamiz deb o'ylayman, - deydi Salimjon Zokirov.      


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика