So’nggi yangiliklar

00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  2 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24

Salimjon Zokirov: "Davralar oralig'ida Superliga jamoalari bilan o'ynamoqchimiz" Yangiliklar

Salimjon Zokirov: "Davralar oralig'ida Superliga jamoalari bilan o'ynamoqchimiz"

PRO-Liga 18-turidan o'rin olgan “Xotira-79” - “Yozyovon” (1:3) uchrashuvidan so'ng mexmonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Assalomu alaykum Salimjon aka! Bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz! Turnir jadvaliga qarasak, bugun qo'lga kiritilgan 3 ochko bilan“Yozyovon” jamoasi 2-o'ringa joylashdi. Bugungi uchrashuv haqida va umuman birinchi davra haqida nimalar deya olasiz?
- Tabrik uchun rahmat! Mavsum boshida jamoamiz oldiga birinchi davrani kuchli uchlikda yakunlash vazifasi qo'yilgan edi. Buning uchun kamida 30 ochko to'plashimiz zarur edi. Biz bu vazifani qaysidir manoda uddaladik. Birinchi davra yakunida o'z maydomizda ikki marta durang o'ynadik, agar bu uchrashuvlarda g'alaba qozonganimizda, balkim hozir turnir jadvalida birinchi o'rinda bo'larmidik. O'tkazilgan uchrashuvlar biz uchun og'ir kechdi. Sababi bizda zahiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytira oladigan futbolchilar yo'q edi, shu bilan bir navbatda birinchi davra davomida jarohatlar ham bizga o'yinlarni to'liq kuch bilan tashkil etishimizga yo'l qo'ymadi. SHunday xolatda bo'lsada, har bir uchrashuvda oxirigacha kurashgan shogirdlarimga rahmat aytaman, qo'lga kiritilgan ochkolar aynan ularning shijoati evaziga kiritildi.

Bugungi uchrashuv haqida aytadigan bo'lsak, “Xotira-79” jamoasi bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik, bugun faqat g'alaba uchun kelgandik. Ushbu uchrashuv uchun himoyaviy taktika tanladik,  sababi “Xotira-79” jamoasi tarkibida ham tajribali futbolchilar bor, mana ulardan biri Sobir Xamidov bugun darvozamizni ishg'ol etdi. Biz tanlagan himoyaviy o'yin taktikasi ish berdi, uchrashuv davomida raqib darvozasini 3 bor ishg'ol etib, yakunda g'olib bo'ldik.

- Davralar oralig'ida “Yozyovon” jamoasi qanday maqsadlarni rejalashtirmoqda? Jamoa tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo'shiladimi?
- Biz shu taxminan 10 kunlar atrofida Superliga vakillari "Qo'qon-1912" va "Navbahor", "Neftchi" jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etmoqchimiz. Bu jamoalar bilan hozirgi kunda muzokaralar olib borayapmiz, agar kelishuv muvaffaqiyatli yakunlansa, biz bu jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Tarkibimizga yangi qo'shiladigan futbolchilar haqida gapirsak, hozircha rasman shartnoma imzolanmagunicha ularning ismlarini oshkor qilmagan maqul. Birinchi davra davomida qaysi chiziqni kuchaytirish lozim ekanligini ko'rib oldik, albatta tarkibimizga yangi futbolchilar kelib qo'shiladi.

SHuningdek jamoamiz davralar oralig'ida Quvasoy shahridagi “Arsif” dam olish maskanida yig'in tashkil etishi rejalashtirgan, 10 kun davomida bu joyda mashg'ulotlar olib boramiz. SHu turnir jadvaliga qarasak, moliyaviy imkoniyatlarimiz yuqori bo'lmasada, viloyatimizdagi boshqa jamoalaridan ko'p ochko jamg'aribmiz, egallab turgan o'rnimiz ham yuqoriroq ekan, buni albatta chiqarib qo'yinglar.

Jamoamiz nomidan O'zbekiston professonal futbol ligasiga, rahbarlariga minnatdorchilik izhor qilamiz. Birinchi davra davomida qimmatli vaqtini ayamasdan, bizning uchrashuvlarga tashrif buyurib, uchrashuvlarni yoritayotganligi uchun “championat.asia” sayti ijodkorlariga katta rahmat, yaqinda nishonlagan kasb bayramlari yana bir bor muborak bo'lsin!    

   
Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика