So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  0 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Salim Mustafoev: “Jarohatlar futbolning ajralmas bir qismi” Yangiliklar

Salim Mustafoev: “Jarohatlar futbolning ajralmas bir qismi”

Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Qizilqum”ga qarshi 13–turdan o'rin olgan qoldirilgan uchrashuvda g'alaba qozondi.
Uchrashuvdan so'ng “temiryo'lchilar” yarim himoyachisi Salim Mustafoev fikr bildirdi.

-  Ikkinchi davraga tayyorgarlikdan so'ng ushbu o'yin qiyin bo'ldi. Kubok bahsining chorak finalida Muborakning “Mashal” klubiga mag'lub bo'ldik. Mana shu mag'lubiyatdan so'ng ruhan tushkunlikda edik. Kechagi o'yinda qiyinchilik bilan g'alaba qozonishimiz shart edi bu vazifani bajardik.

Jarohatlar futbolning ajralmas bir qismi. Hech kim jarohatlardan kafolatlanmagan. O'yin paytida raqib futbolchisi menga nisbatan juda ham qo'pol harakatni amalga oshirdi. Yaxshiyamki o'sha vaqtda oyog'imni olib qolishga ulgurdim. Oyog'imni olib qolishga ulgurmaganimda jiddiy jarohat olishim mumkin edi.  

Ikkinchi davraga tayyorgarlik qizg'in pallada davom etmoqda. Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatga bor etiborimizni qaratyapmiz. Hozir bor etiborimizni ichki chempionat bahslariga qaratganmiz. CHempionlar ligasi doirasidagi “Al Ayn”ga qarshi uchrashuv haqida hozircha o'ylamayapmiz. Ungacha biroz vaqt bor.

Artur Gevorkyan haqida gapiradigan bo'lsam qisqa muddat ichida bir – birimizni yaxshi tushunib harakat qildik. Keyingi o'yinlarda bundanda yaxshi harakat qilib, bir birimizni yaxshi tushunib o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz”, - deydi “Lokomotiv” futbolchisi Salim Mustafoev.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика