"Salernitana" rahbariyati "Atalanta"dan uchralgan 2:8 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng murabbiyni istefoga chiqardi
16 jan 2023 20:27
Yangiliklar


"Salernitana" rahbariyati "Atalanta"dan uchralgan 2:8 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng murabbiyni istefoga chiqardi
"Salernitana" bosh murabbiyi Davide Nikolani istefoga chiqarildi.
Bu haqda Italiya klubi sayti xabar berdi. Kecha "Salernitana" Italiya chempionatining 18-turida "Atalanta"ga yirik 2:8 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Salernitana" A Seriyada 18 turdan keyin 18 ochko to'plagan holda 16-o'rinda bormoqda. Oktyabr oyidan beri klub biror marta g'alaba qozona olmadi. O'shandan beri jamoa 4 ta mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan.
Davide Nikola "Salernitana"ni 2022 yilning fevralida qabul qilib olgan va o'tgan mavsum jamoaning quyi ligaga tushib ketmasligida yordam bergandi.
O’xshash yangiliklar
13:31
Nikola Lazarevich KXDRga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi 3

Fikrlar