Salah jiddiy jarohatdan qutilib qoldimi?!
05 apr 2018 12:35
Yangiliklar
Salah jiddiy jarohatdan qutilib qoldimi?!
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ECHL 1/4 final birinchi o'yini doirasida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0)dan keyin jamoa etakchisi Muhammad Salahning ahvoli haqida gapirdi.
"Mirror" nashrining malum qilishicha, Klopp jurnalistlarga Salah bilan hammasi joyida ekanligini aytgan.
Misrlik forvard 52-daqiqada almashtirilgan edi, uning o'rniga Veynaldum tushdi.
"U o'yindan keyin manga hammasi joyida, hammasi yaxshi ekanligini aytdi. Umid qilaman, haqiqatda shunday. Aniq tashxisni kutamiz", - dedi Klopp.
Fikrlar