"Sal qolsa urishib ketardik" - Ronalduning libosi kimga nasib qilgani malum
17 sen 2022 14:44
Yangiliklar
"Sal qolsa urishib ketardik" - Ronalduning libosi kimga nasib qilgani malum
Braziliyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, jamoadagilar libosni kim qo'lga kiritishi masalasida urishib ketishlariga sal qolgan.
"Yakuniy hushtak yangraganidan so'ng men unga yaqinlashib, uni o'yin bilan tabrikladim va "Krishtianu, sizning futbolkangizni olsam bo'ladimi?", deb so'radim. U: "Tinchlaning, uni kiyinish xonasida sizga beraman", dedi. Ishonchim komil edi, lekin boshqa o'yinchilar ham uning oldiga kelib, so'rashayotganini ko'rib, juda xavotirda edim. Keyin yana qayta so'radim va unga ishonishimni aytdim. U xavotir olmasligimni takidladi.
Keyin Ronaldu vadasini bajardi.
U echinish xonasi yonida men bilan uchrashdi va hatto libosiga imzo chekib berdi. Bu men uchun o'ziga xos kun edi. To'g'risini aytsam, o'yindan keyin ertasiga ertalab ham uxlay olmadim", – dedi u.
Fikrlar