So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Sal qolsa "o'lim guruhi"dan pley-offga chiqayotgan Vengriya bosh murabbiyining taqdiri Yangiliklar

Sal qolsa "o'lim guruhi"dan pley-offga chiqayotgan Vengriya bosh murabbiyining taqdiri

Evro-2020"da Vengriya termasini italiyalik sobiq futbolchi Marko Rossi boshqarganini bilarmidingiz?!

Italiyada murabbiy Rossi S1 Seriyadan uyog'iga o'ta olmadi. 2012 u Vengriyaga ko'chib ketadi va "Gonved"ni qabul qilib oladi. Jamoa bilan Evropa Ligasida o'ynaydi, quyi divizionga tushib ketishdan qutqarib qoladi, 2016/17-yilgi mavsum esa 24 yil ichida ilk bor chempionlik tituli qo'lga kiritildi. Mavsumlar oralig'idayoq jamoani tark etdi – aytishicha, taklif qilingan yangi shartnomadagi raqamlar erishilgan natija va amalga oshirilgan ish uchun munosib baho emasdi.

Keyin Slovakiyada DAK jamoasida bir mavsum ishladi. Jamoa tarixda ilk bor uchlikka kirdi va Evropa Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 2018 yil yozida Rossi Vengriyaga qaytdi va mamlakat termasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.


"Agar men Italiyada qolganimda, hozir akamning buxgalterlik firmasida oddiy ishchi bo'lib faoliyat olib borayotgan bo'lardim, – deydi 56 yoshli Rossi. – Baxtimga, Vengriyaga ko'chib o'tdim va bu erda o'zimga yoqadigan ish bilan shug'ullana olaman".

Italiya haqida Rossining xotirasida salbiy voqealar qolgan – ayniqsa janub haqida. "Skafateze" boshqaruvini qo'lga oldim, jamoani daxshatli desam kamlik qiladigan holatda ligada saqlab qoldim. Keyin "Kaveze" jamoasida ishladim – negadir u erda hamma menga qarshi edi. Sababini hech bilolmadim. Ish shu darajaga etib bordiki, tribunada o'yinga tashrif buyurgan ayolimga hurmatsizlik qilishdi (muxlislar Rossi ayoliga qarata tuflashgan). Men ishdan bo'shash haqida ariza yozdim va boshqa janubda ishlamaslik haqida o'zimga so'z berdim. Bir yilcha ishsiz yurdim, uchta taklif bo'ldi, biroq menga S Seriyada ishlash uchun pul to'lashim kerakligini aytishdi. Juda g'alati holat. O'shanda men futbol men uchun butkul tugadi deb o'ylagandim va boshqa ish qidira boshladim. Lekin Budapeshtta o'z restorani bor do'stim meni "Gonved"ning sobiq sport direktori bilan tanishtirdi. Hammasi shunday boshlangandi".


SHu o'rinda qaxramonimizning ikki muhim qaroriga etiboringizni qaratib o'tmoqchimiz. Rossi ona yurtida, akasining firmasida ishlab, xotirjam hayot kechirishi mumkin edi. Ammo u qiyin yo'l orqali bo'lsada, o'zi sevgan ishni tanladi. Murabbiylikdagi bazan tabiiy, bazan suniy, kutilmagan qiyinchiliklarga qaramay, taslim bo'lmadi va qatiy turdi. Bugun esa Marko Rossi va jamoasi garchi guruhda qolib ketgan bo'lsada, Evro-2020"ni chinakam qaxramonlardek tark etmoqda.      

Eslatib o'tamiz, tunda Vengriya safarda Germaniyaga jiddiy qarshilik ko'rsatdi va 84-daqiqada o'tkazib yuborilgan gol tufayligina g'alabani qo'ldan chiqardi hamda guruhda qolib ketdi. 


Nozima Zaripova xorij saytlari asosida tayyorladi

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика