So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Sakkiz yil oldin "yo'qotib" qo'ygan yulduzchamiz bugun 25 yoshga to'ldi Yangiliklar

Sakkiz yil oldin "yo'qotib" qo'ygan yulduzchamiz bugun 25 yoshga to'ldi

Bugun "Qo'qon-1912" klubi hujumchisi, 2011 yili Meksika yashil maydonlarida porlagan yulduzchamiz Timur Hakimov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Meksikadagi o'smirlar (U-17) o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz tarkibida porlagan futbolchilardan biri bu Timur Hakimov edi. O'sha kichik mundialda bugungi kun qahramoni chinakamiga porlagandi. Meksikadan qaytib kelgan terma jamoamiz azolariga O'FA maydonida "Spark" avtomobillarining tantanali ravishda topshirilgani hamon ko'z o'ngimizda.     

- Yoshligim barcha bolalar kabi oddiy o'tgan, - deydi Timur bolalik yillarini esga olib. - Ko'chada tengdoshlarim bilan o'ynardim. Etti yoshimdan futbol bilan hamnafasman. Ko'chada futbol o'ynab yurganimizda kattaroq bolalar uydagilarim yoniga kelib, meni futbolga berishlarini so'rashgan. Bu bolada qobiliyat bor deb aytishgandi. Birinchi murabbiyim Aleksey Evstafeev. Bu murabbiydan bir umrga minnatdorman. 

Faoliyatimdagi eng yorqin turnir sifatida hech ikkilanishsiz Meksikadagi jahon chempionatini aytgan bo'lardim. Bu mening ilk jahon chempionatim edi. Dastlabki turdagi mag'lubiyatga qaramay chorak finalga qadar etib borgandik. Mundialdagi sharoitlar, muhit ajoyib edi. Meksikada xatto bizga mahalliy aholi ham chin dildan muxlislik qilgandi. Xuddi o'z maydonimizda o'ynagandek taassurot bo'lgandi.

Ha, haqiqatan ham Meksikadagi mundialni hali uzoq vaqt eslab yuramiz. Mayli, endi bu tarix. O'sha jahon chempionati qahramonlaridan biri Timur Hakimovni bugungi tavallud ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Bu tabrikka saytimiz ijodkorlari va muxlislari ham qo'shiladilar. U joriy mavsum "Qo'qon-1912" klubi sharafini himoya qilyapti.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика