So’nggi yangiliklar

08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  105 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0

Sayfullo SHaripov: "SHerdor"ning natijasidan qoniqdim" Yangiliklar

Sayfullo SHaripov: "SHerdor"ning natijasidan qoniqdim"

Xabaringiz bor Birinchi ligada "SHerdor" jamoasi birinchi bosqich yakunlariga ko'ra davrani to'rtinchi pog'onada yakunladi.
Mavsum avvalida "SHerdor" jamoasi bosh murabbiyi Sayfullo SHaripov bilan uyushtirgan suhbatimizda jamoa haqida malumotlar olgan edik. Bugun esa mavsum haqida bosh murabbiy bilan suhbatlashdik.

- Sayfullo aka mana mavsum yakunlanib jamoangiz to'rtinchi pog'onani band etgan holda keyingi bosqichga yo'l oldi. Jamoa uchun dastlabki mavsum hisoblanadi va xulosalar qanday bo'ldi?

- Birinchi o'rinda jamoa natijasida to'la bo'lmasada qoniqqanimni aytib o'tishim kerak. Jamoamiz bundan ham yuqoriroq natijaga erishishi mumkin edi deb o'ylayman. SHunga qaramay butun mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan yigitlarga rahmat aytib o'taman. Jamoamiz birinchi marta O'zbekiston birinchi ligasida ishtirok etishiga qaramay mazmunli o'yin ko'rsatdi va o'ziga munosib o'rinni band etdi. Keyingi bosqichga yo'l olish juda murabbak bo'lib qoldi. Masalan hozirda jamoalar hammasi deyarli bir xil saviyada va "Surxon", "Zomin" jamoalarining tushib ketgani ham buni isbotlab turibdi. Faqatgina birinchi turdagi "Registon" va o'z maydonimizdagi "Orol" ga uchralgan mag'lubiyatlarni salbiy bo'ldi deyishim mumkin. Dastlabki mavsum uchun shogirdlarim natijasidan qoniqdim.

-"SHerdor" garchi o'z guruhida to'rtinchi bo'lgan bo'lsa ham jamoa to'p o'tkazib yuborish bo'yicha eng yomon ko'rsatgichlardan birini ko'rsatdi. Bu nima bilan bog'liq?

- Biz mavsum avvalida jamoamiz uchun ikki nafar darvozabonni "zayavka" dan o'tkazgan edik. Ikki o'yindan so'ng asosiy darvozabonimiz malum sabablarga ko'ra jamoamizni tark etdi. SHundan so'ng biz faqat yosh darvozabonimizga ishonishga majbur bo'lib qoldik. Hali Birinchi ligada o'yin amaliyoti bo'lmagan darvozabonimiz esa yosh bo'lganligi bois ko'p to'p o'tkazib yubordi. Undan tashqari bizda darvozabonni almashtirish imkoni ham mavjud emas edi. SHundan so'ng oxirgi turlarga kelibgina yana bitta yosh darvozabonni "zayavka" dan o'tkazishga majbur bo'ldik va ikki nafar yosh darvozabon bilan mavsumni o'tkazdik. Mening o'ylashimcha aynan mana shu omil bizga katta muomo bo'ldi. SHu boisdan bo'lsa kerak jamoamiz hamma o'yinda ikkitadan , uchtadan to'p o'tkazib yubordi.

- Jamoaning boshqa chiziqlari ishonchli o'yin ko'rsatgani bois natija unchalik yomon bo'lmadimi unda?

- SHunday desa ham bo'ladi. Himoya va yarim himoyamizda xursand bo'ldim. Ulardan doim ko'nglim to'q bo'ldi. Faqatgina hujumda bazi muommolarga duch kelib qoldik. Hujumda ham zaxira o'yinchi yo'q bo'lganligi bois boshqa chiziqlardagi futbolchilarni sinab ko'rishga majbur bo'ldim. Ikki nafar hujumchimiz bo'lib ular zaxirasi harakat qilishiga majbur bo'ldi. Bittasi jarohat olganda esa jamoamizda boshqa futbolchini bu chiziqda sinab ko'rishimizga imkoniyat bo'ldi.

- Jamoa tarkibi ikkinchi davrada ham saqlanib qoladimi?

- Bu borada hali aniq qarorga kelmadik. Mavsum avvalida aytib o'tganimdek maqsadimiz "Dinamo" ga munosib futbolchilar etkazib berishni maqsad qilganmiz. Malumki jamoamizda asosan "Dinamo" o'rinbosarlarida harakat qilgan yoshlar o'ynamoqda. SHuning uchun biz bu futbolchilarni Oliy liga saviyasidagi futbolchi bo'lishini taminlamoqchimiz. Tarkibimiz to'liq mahalliy yoshlardan iborat bo'ladi. Keyingi mavsum ham huddi shunday bo'lishini aytishim mumkin.  Agar jamoamizdagi bazi futbolchilar "Dinamo" ko'rigidan muoffaqiyatli o'tsa ularni o'rnini to'ldirishga to'g'ri keladi.

Hozircha jamoamiz darvozasiga "Yangier" dan SHuhrat Murodovni jalb etdik va keyingi davra uchun shartnoma imzoladik. Undan tashqari "Yangier" dan SHuhrat Kamolov va Islom Safarovlar ham ko'rikdan o'tmoqda. Bular ham o'zimizning mahalliy futbolchilarimiz hisoblanib "Yangier" da harakat qilib kelmoqda edi.

- "SHerdor" ning keyingi davra uchun maqsadlari qanday bo'ladi?

- Asosiy maqsadimiz bu davrada ham "Dinamo" uchun munosib futbolchilarni etkazishda harakat qilishdir. Birinchi liga juda qattiq bo'ladi. Bunda futbolchi toblanib Oliy ligaga mos futbolchilar bo'lib etishadi. Ikkinchi davrada ham hamma o'yinga faqat g'alaba uchun maydonga tushib muxlislarimizni xursand qiladigan o'yinlar namoish etmoqchimiz.

- Ikkinchi davrada ikki minataqa birlashadi va uchrashuvlar keskin bo'ladi. Siz bu borada qanday fikrdasiz?

- Darhaqiqat endi juda masuliyatli uchrashuvlar boshlandi. SHaxsan mening fikrimcha "G'arb" mintaqasi "SHarq" qa qaraganda kuchliroq. Bunga sabab jamoalar butun bir viloyat sharafini himoya qiladi. Masalan "Orol", "Xorazm", "Zarafshon"  kabi jamoalarning Oliyda jamoasi yo'qligi bois ular bor etiborini Birinchi ligaga qaratadi.Keskinlik shundan oshadi. Undan tashqari "SHarq" da ko'proq texnikaga asoslansa, "G'arb" kuchga va jismoniy holatga bog'liq bo'lmoqda.

- Tayyorgarlik va stadion borasida ham aytib o'tsangiz?

- Tayyorgalikni 15 iyuldan boshlab yuborganmiz. "Dinamo" bilan nazorat uchrashuvini ham o'tkazib oldik. Garchi 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsak ham yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Tayyorgalikni hammasini Samarqandda o'tkazamiz. Bir nechta nazorat uchrashuvlarini o'tkazmoqchimiz. Bu borada hali aniq qarorlarni qabul qilmadik. Stadion esa bu mavsum ham shahrimizdagi OZTM stadionida o'tkazamiz. "Registon" bilan bu boradi muommo bo'lmaydi deb o'ylayman. Har bir turni ikki kunda o'tkazmoqchimiz.

- Suhbatingiz uchun rahmat.



Faridbek Yusupov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика