So’nggi yangiliklar

20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  0 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  1 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  1 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18

Sayfiddin Ermatov: "Ravshan JCH hakamlari orasida tennis bo'yicha chempion" Yangiliklar

Sayfiddin Ermatov: "Ravshan JCH hakamlari orasida tennis bo'yicha chempion"

Bu yilgi futbol mavsumi ham asta-sekin o'z poyoniga etib boryapti. Dunyo miqyosida olsak, 2014 yil Braziliyada o'tgan jahon chempionati bilan futbol ishqibozlari yodida qoladigan bo'ldi.
Biz uchun esa hamyurtimiz Ravshan Ermatovning mundialda yana to'rtta o'yinni boshqarib, umumiy ikkita JCHda to'qqizta uchrashuv bilan jahon rekordini yangilagani muhim yangilik sifatida tarixga kirdi. Aynan shu muvaffaqiyat bilan 2014 yilni yodda saqlab qolamiz. Albatta, FIFA referisining bu yutuqlarida bir nechta omillarni sabab sifatida ko'rsatishimiz mumkin. Birinchi galda o'zining tirishqoqligi va intilishi. Yaratgan tomonidan berilgan istedod. SHuningdek, oilaviy muhitning tasiri. Agar Ravshanning dadasi Sayfiddin aka zarur sharoitlarni yaratib bermaganida, Ermatov bugungi muvaffaqiyatlariga erishmagan bo'lishi ham mumkin edi. Biz aynan Sayfiddin Ermatovdan Ravshanning bolalik yillari, hozirgi yutuqlari haqida intervyu oldik.

- Sayfiddin aka, suhbatimiz avvalida Ravshan Ermatovning bolalik yillariga to'xtalib o'tsangiz. CHunki, bugungi darajasiga etgunicha siz tomondan ham, o'zi tarafdan ham katta mehnat sarflangan.
- Albatta, ota-onalarning asosiy vazifalaridan biri  o'z farzandlarining qiziqishiga qarab, zarur sharoitlarni yaratib berishdir. Biz yashab turgan joy sobiq Ostrovskiy bog'i, hozirgi Labzak dahasida joylashgan edi. Uyimizning shundoqqina orqa tomonidan katta stadion bo'lardi. Ravshan futboldagi ilk qadamlarini aynan shu stadionda tashlagan. Unga olib bergan birinchi sovg'am ham to'p bo'lgan. Maqsadim ham undan yaxshi futbolchi etishtirish edi. Boisi, o'zi ham futbolga juda qiziqardi. Istedodini payqaganim uchun bor etiborimni unga kerakli sharoitlarni yaratib berish, mashg'ulotlarga qatnashini taminlashga qaratganman.



Afsuski, o'sha olingan jarohat Ravshanning futbolchi bo'lishiga to'sqinlik qilgan. SHukrki, u futbolda bo'lmasa ham, hakamlikda katta obro'ga erishdi. Jahon chempionatlarida eng ko'p uchrashuvlarni boshqarish bo'yicha dunyo rekordini yangiladi. Fursatdan foydalanib, o'g'limga, uning yordamchilariga omad tilayman. Bundan ham martabali ulug' bo'lsin, O'zbekiston dovrug'ini o'zlarining halol hakamliklari bilan dunyoga tanitib yuraverishsin. Ularni duo qilib o'tiramiz. Bir otaga bundan ortiq baxt bormi? Eng muhimi, farzandlarni o'zlari yoqtirgan kasblariga yo'naltirish kerak. Har bir shogirdimga beradigan birinchi savolim  futbolchi bo'lishni o'zing xohlayapsanmi yoki ota-onangmi, mazmunida bo'lgan. Agar bolaning o'zida istak bo'lmasa, sizning urinishlaringiz baribir zoe ketadi. Ravshanda futbolga muhabbat kuchli bo'lgan. Mashg'ulotlarda ikki xissa kuch bilan harakat qilardi. Tirishqoqligi meni xursand qilardi. SHunday bo'lib turganidan keyin qanday qilib farzandingiz uchun sharoitlarni yaratib bermaysiz? Onasi allamahalda stadiondan kechki ovqatga etaklab olib kelardi. Kech tushib qolibdi, deya o'z xohishi bilan kelmasdi.

- Maktabdagi baholari qanday bo'lgan?

- Baholari yomon bo'lmagan. Alochi o'qigan ham deya olmayman. Kundaligida 4 va 5 baholari ko'proq bo'lardi. Jismoniy tarbiya darsi jonu dili edi. Faqat futbol emas, voleybol va stol tennisini ham juda yaxshi ko'rardi. Tuman miqyosida o'tkazilgan musobaqalarda bir necha marotaba g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan. Haligacha stol tennisini yaxshi o'ynaydi. Tennisni yaxshi o'ynagani Ispaniyada bo'lib o'tgan FIFAning JCH hakamlari uchun ilk seminarida qo'l kelgan. U mundial nomzod hakamlar o'rtasida o'tkazilgan o'ziga xos kichik tennis turnirida g'oliblikni qo'lga kiritgan. Aytmoqchimanki, inson keng qirrali bo'lmog'i lozim. Faqat bir yo'nalishda qolib ketimaslik kerak. Ayniqsa, bu sportda juda ham muhim. Masalan, tennis bilan shug'ullanish orqali tez fikrlab, qaror chiqarish, voleybolda baland sakrash, bo'y o'stirish kabi xislatlarni yanada shakllantirish mumkin bo'ladi. Ko'ryapsizmi, sport turlari bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Biri ikkinchisini to'ldiradi.



- Farzandingizdan aynan qachon etuk hakam etishib chiqishiga ishona boshladingiz?
- Istiqlol jamoasida o'ynab yurgan kezlari oyog'idan jiddiy jarohat olgan. SHifokorlar menga agar o'g'lingizning sog'lig'iga befarq bo'lmasangiz, boshqa futbol o'ynamasin, deb shart qo'yishadi. O'ng oyog'i to'pig'idan chiqib ketavergan. Bu holatda futbolni davom ettirib bo'lmasdi. Ravshan O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutiga o'qishga kirgan paytda men 1982 yillarla tug'ilgan futbolchilarga bosh murabbiy edim. Valeriy Boradavkin yordamchi murabbiy bo'lgan. O'shanda Ravshanni murabbiylar shtabida o'zim bilan birga olib yura boshladim. Futbol o'ynay olmas ekan, hech bo'lmasa murabbiylikda o'zini sinab ko'rsin, degan istak yo'q emasdi. Kunlarning birida shahar birinchiligimizdagi o'yinga hakam kelmay qolgan. SHunda Ravshanning qo'liga hushtakni berib, o'g'lim mana sizga imkoniyat, keng maydon, o'zingizni ko'rsating, deganman. SHunda o'zidan yoshi katta futbolchilar ishtirokidagi o'yinni shunchalik bexato boshqarganki, ochig'i bunday natijani undan kutmagandim. Hech kimga yon bosmasdan, uchrashuvning boshidan to oxiriga qadar yuqori saviyada hakamlik qilgan. O'shanda mening jamoam bilan CHilonzor klubi o'zaro o'ynashgandi. Biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan jamoam aynan o'g'lim boshqargan uchrashuvda yutqazib qo'ygan edi. SHunda unga aytganman, otangga yon bosmadingmi, demak sendan yaxshi hakam etishib chiqadi. O'sha kundan boshlab o'g'limning hakam bo'lishi uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib berganman. Har yakshanba kuni o'tkaziladigan Toshkent shahar birinchiligi o'yinlarini boshqarishga borardi. Keyinroq unga video kamera olib berdim. O'zi boshqargan o'yinlarni yozib olib, uchrashuvdan so'ng tahlil qila boshladi. Ko'rsatkichlari, mahorati kundan-kunga oshib bordi. Keyin onasi, opasi va o'zim birgalikda uni ingliz tili kursiga olib bordik. Haftasiga uch marta kechki payt ingliz tilini o'rgana boshladi. Tezroq tilga qiziqishi uyg'onishi uchun o'zimiz birgalashib kurchlarga borganmiz. Bu o'z natijasini bergan. Bugunga kelib ingliz tilida o'z ona tilisidek gaplasha oladi. Bundan tashqari, ispan va arab tillarini o'rgandi. Inson o'z oldiga aniq bir maqsad qo'ydimi, unga intilishi kerak. Hech narsa shunchaki bo'lib qolmaydi. Mehnat orqali ko'zlangan manzilga etiladi.

- O'sha shifokor aytgan so'zlar Ravshan Ermatovga qanchalik tasir qilgan?

- Ruhiy tushkunlikka tushib qolgan. Ancha payt o'ziga kela olmagan. Sevimli mashg'ulotidan bir kunning o'zida ajralish bu oson emas. To'g'ri, aytgan ishlarimni, berayotgan ko'rsatmalarimni bajaryapti. Lekin ko'zlari avvalgidek yonmayotgandi. O'sha hakamning uchrashuvga kelmagani uning hayoti va faoliyatida tub burilish yasadi. Ilk boshqargan o'yinida kichik xatolari bo'lgandir. Ammo, undagi qatiyatlilik bu kamchiliklarni yuvib ketgandi. Otangning jamoasiga yon bosmadingmi, demak sendan yaxshi hakam chiqar ekan, degan bir to'xtamga keldim.



- Hozirgacha ham o'tkazgan o'yinlarini muhokama qilib turasizmi?
- Albatta. Busiz iloji yo'q. So'nggi jahon chempionatidagi barcha o'yinlarini kuzatib, qaysi daqiqada qanday harakat qildi va chiqargan qarorlarini yozib bordim. Uchrashuvdan keyin o'ziga mana bu erda o'yinni erta to'xtatib qo'yding, yana bir holatda yordamching Bahodir Qo'chqorovga ishonib qolding, deya o'z fikrlarimni aytdim. O'zi ham dada, to'g'ri aytyapsiz, biroz sovuqqonlik etishmadi, deydi. Ham otasi, ham murabbiyi bo'lganim uchun uning xatolarini berkitmasligim kerak. Hammasini ro'y-rost o'ziga aytaman. Egallagan poziciyang to'g'ri bo'lganida, mana bu xato kelib chiqmasdi, deb hamisha kamchiliklarini aytib kelaman. Bo'ldi, hamma narsaga erishdim, bilmaydigan narsamning o'zi qolmadi, degan inson xato qiladi.  

- Endi Sayfiddin aka, bugungi kunda futbol shu darajada tezlashib ketdiki, yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar foizini kamaytirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilinyapti. Insonmiz, hech kim xatodan holi emas. Bunday vaziyatlarda bosh hakamga qo'shqanot bo'ladigan yordamchilarining roli katta bo'ladi. Bu borada qanday fikrdasiz?
- Avvallari bosh hakam maydonga, yordamchilari aut, burchak to'pi va o'yindan tashqari holatlarga javob berishardi. Hozir unday emas. Qanot hakamlarining maydonda bajaradigan vazifalari ortgan. Maydondagi har bir holatga to'rttala hakam bir xilda javob beradi. Abduhamidullo Rasulov ham o'zimning shogirdim. Ming bor shukrki, ikkala shogirdim ham jahon chempionatida muvaffaqiyatli hakamlik qilib, dunyo futbol jamoatchiligining diqqatini totishdi. Menga bundan ortiq baxt bormi? Ham farzandim, ham shogirdim, albatta bundan juda xursand bo'laman. O'zbekistonlik futbol ishqibozlariga katta rahmat, haligacha qo'ng'iroq qilib, tabriklashyapti. Ayniqsa, 1 oktyabr  O'qituvchi va murabbiylar kunida telefonimni suv quyib, sovutdim, desam ham bo'ladi (kuladi).



- Hakamlikdan tashqari yo'riqchilik ham qilayotgan ekanlar. SHu haqda ham malumot bersangiz.
- Hakamlar maktabida yosh hakamlar uchun turli seminar va mahorat saboqlarini o'taydi. Lekin so'nggi paytlarda bo'sh vaqt deyarli bo'lmayapti. Jahon chempionatidan qaytib kelganidan so'ng boshqarayotgan o'yinlaridan tashqari, turli uchrashuvlarga ham chaqirishyapti. O'quv yurtlarida kelajagimiz egalari hisoblangan talabalar bilan uchrashyapti. SHularni ko'rib, g'ururlanaman. 

- Tajribali hakam sifatida bu kasbni tanlash ostonasida turgan bugungi yoshlarga qanday tavsiyalar bergan bo'lardingiz?
- Birinchi galda professionalizm yo'liga o'tish kerak. Uyda bir yig'in bo'ladimi, qarindoshlarnikida to'y-hashammi, Ravshanga o'g'lim, sen mashg'ulotingga boraver, sendan hech kim hafa bo'lmaydi va hech kim gina ham qilmaydi, deb aytardim. Mashg'ulotlarini o'tkazib, keyin yana qo'shilib ketaverardi. Nimagadir erishish uchun nimadandir voz kechish kerak. Aks holda, ko'zlangan maqsadga erisha olmaysiz. Bugungi kunda istedodli yosh hakamlar etishib chiqyapti. Ulardan biri SHerzod Qosimov. Ravshanning o'zi unga ustozlik qilyapti. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hakamlarni tayyorlash maktabi o'z mevalarini bera boshladi.

- Xisoblab ko'rsak, Ravshan Ermatov bu yil hisobidan uylan ko'ra safarda ko'p bo'libdilar. Mana kuni kecha Osiyo CHempionlar ligasi yarim final doirasidagi Al-Ayn  Al-Hilol jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqarib qaytib, o'sha kunning o'zida Farg'ona milliy chempionatimiz o'yinida hakamlik qilish uchun jo'nab ketdilar...
- BAAdan kelganidan keyin uyda ikki soatgina bo'ldi. Kiyimlarini yig'ishtirib, Neftchi ishtirokidagi o'yinni boshqarish uchun Farg'onaga yo'l oldi. Uchrashuvdan so'ng qo'ng'iroq qilib, dada o'yin 1:1 hisobida yakunlangan bo'lishiga qaramay, juda yuqori tempda o'tdi, charchoq ham bilinmadi, dedi. Ikki tomonning tinimsiz hujumlari ostida o'tadigan o'yinlarda hakamlik qilish ham, nazoratchi bo'lish ham maroqli.  



- Tabiiyki, uyda kam bo'lishlari natijasida farzandlari ham sog'inib qolishadi.
- Albatta, ikkala farzandi ham sog'inadi. Uyda bo'lgan kuni haqiqiy bayram boshlanadi. Otasi bilan birga uxlashadi. O'g'li dekabrda 4 yoshga to'ladi. Futbolga hozirdan mehri bo'lakcha.

- Ha endi, olmaning tagiga olma tushadida.
- Bo'lmasamchi. Ko'p vaqti hovlimizdagi kichik maydonda to'p tepish bilan o'tadi. O'zim ham bo'sh bo'lsam, erinmay nabiram bilan shug'ullanaman.

- Sizning ham shu darajaga etishingizda ustozlaringizning o'rni bo'lakcha bo'lgan. SHu manoda, hayot va faoliyatingizdagi murabbiylaringiz haqida ham gapirib bersangiz.
- Mendan katta Sadriddin akam 9 yoshimda futbol maktabiga olib borganlar. Rahmatli Akmal Azizxo'jaev va Laziz Maqsudovning qo'llariga topshirganlar. Ilk sinovdayoq maktabga qabul qilishgan. Ustozlarimdan bir umrga minnatdorman. Futbolga bo'lgan qiziqishimni yanada shakllantirishdi. Mendagi futbolga bo'lgan qiziqish farzandimga o'tdi. O'ylaymanki, nabiram ham bu ananani davom ettiradi. Nafaqat futbol, balki istalgan sport turi bilan shug'ullangan insondan yomonlik chiqmaydi. Birinchi galda o'z salomatligini taminlagan bo'ladi. Eng muhimi, ota-onalar o'z vaqtida farzandlarining kelajagiga etibor qaratishsin. Qiziqishlari so'nib qolmasdan, malum bir yo'nalishga berishsin. U sport turi bo'lishi shart emas, muhimi, qaysi sohada bo'lishidan qatiy nazar birinchi galda o'z oilasi va albatta yurt taraqqiyoti uchun xizmat qilsin. Ana o'shanda hammasi yaxshi bo'ladi.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика