Sahob Jo'raev: "Lokomotiv"ga kelishimni asosiy sababi, pul emas"
18 iyu 2014 19:01
Yangiliklar
Sahob Jo'raev: "Lokomotiv"ga kelishimni asosiy sababi, pul emas"
Mamlakatimizning vice-chempioni Lokomotiv klubi mavsum arafasidagi kabi davralar oralig'ida ham tarkibni kuchaytirishga alohida etibor qaratmoqda.
"Temiryo'lchilar" oliy liga klublari orasida birinchilardan bo'lib, jamoani kuchaytirish uchun bir qator futbolchilar qo'shib oldi. Yodingizda bo'lsa, Loko qisqa vaqt ichida jamoaga Artyom Filiposyan, SHavkat Mullajonov, Alisher SHog'ulomov, Dilshod Rahmatullaev, Aleksandr Geynrix kabi mahoratli futbolchilarni jalb qildi. Ular bu futbolchilar bilan cheklanib qolmasdan, tarkibga Bunyodkordan Sahob Jo'raevni ham qo'shib olishga erishdi. Qanotida tezkor harakatlari, ishonchli o'yinlari bilan nom qozonib kelgan Jo'raev ikkinchi davradan Lokomotiv sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Biroq futbolchi yangi jamoasi bilan Avstriyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlariga bormadi. Xorijga chiqmaganligi hamda nimaga uchun Bunyodkordan ketganligiga sabablarini bilish istagida futbolchi bilan bog'landik.
- Sahob aka, Lokomotivga o'tishingizni sababi nimada? Axir, Bunyodkorda uzoq yillardan buyon to'p surib kelayotgandingiz? Qolaversa, jamoaning asosiy futbolchisi hisoblanardingiz...
- Bilasizmi, meni Lokomotivga o'tishimni ko'pchilik katta pul uchun o'tdi deyishmoqda. El og'ziga elak tutib bo'lmaydi. Ko'chalarda meni bilgan va taniganlar ham, shu savolni berishmoqda. Lokoga kelishimni asosiy sababi, pul emas. Hech qachon pulning ortidan quvmaganman, shu boisdan men haqimda tarqalayotgan gaplar asossiz. Qolaversa, Bunyodkorda ham sharoitlar Lokodagidan aslo qolishmaydi.
- Unda Lokomotiv jamoasi sizga taklif bilan chiqdimi?
- Birinchi davra tugaganidan keyin ham Bunyodkordan ketish hayolimga kelmagandi. Jamoa Turkiya safariga ketishiga bir necha kun qolganidan, men yig'inga olib ketmasliklarini aytishdi. Natijada, men o'zimga yangi jamoa topishim lozimligini tushunib etdim. Keyin esa oldimda ikkita variant bor edi. Paxtakor yoki Lokomotivdan birini tanlashim zarur edi. Biroq Lokodagilar bilan gaplashganimda, ular bilan kelishuvimiz bir-biriga mos keldi hamda temiryo'lchilarda o'ynashga qaror qildim. Yana takror aytaman, Lokoni tanlashimga pulni dahli yo'q. Buni jamoa murabbiylari, rahbariyati bilan ham gaplashib ko'rsangiz bo'ladi. Asosiysi, o'zimga yangi jamoa topish hamda o'sha klubda muqim joy egallash hisoblanardi.
- Loko bilan qancha muddatga shartnoma tuzdingiz?
- Hozircha olti oylik shartnomaga qo'l qo'ydim. Qolgani mavsum tugaganidan keyin yana aniqlik kiritiladi.
- Yangi jamoaga kelib qo'shilganingizga qaramay, siz Avstriya safariga ketmadingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Boya aytib o'tganimdek, Bunyodkor Turkiyaga ketishiga bir necha kun qolganidan, yig'inga ketmaslikimni, o'zimga yangi jamoa topishim kerakligini aytishdi. Lokoga kelib shhartnoma tuzganimda, ular xorijga chiqadiganlarni ro'yhatini tayyor qilib bo'lishgandi. SHu boisdan menga chetga chiqish uchun kerakli vizani qilib berishga ulgurishmadi. Agar Bunyodkordan ketishimni vaqtliroq aytishganida, balkim temiryo'lchilar bilan Avstriyaga yo'l olgan bo'lardim. Endi Lokomotiv 29 iyulda xorijdagi yig'inni yakunlab ortiga qaytishadi. Ungacha men jamoa o'rinbosarlari bilan mashg'ulotlarda, o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushib turishim aytildi. Kelganidan keyin rasman mashg'ulotlariga qo'shilaman.
- Lokomotivda juda ko'plab tanishlaringiz bor. Aksariyati bilan ilgari birga to'p surgansiz. SHu sababli, jamoaga yaxshi kutib olishdimi?
- Albatta, yaxshi kutib olishdi. Xuddi jamoamni almashtirmagandekman. CHunki Lokomotivdagi futbolchilarni ko'pchiliki bilan shu kunga bitta jamoada o'ynaganman, bir-birimizni juda yaxshi taniymiz. Ular ham meni kelganimdan xursandligini aytishdi. Birgalikda hamjihatlik bilan to'p surishmoqchi bo'layotganligini takidlashdi.
- Bunyodkorda bo'lgani kabi bu erda ham har bir chizig'da raqobat yuqori. Zahirada qolib ketish havfi bor. SHu sababli Lokoning asosiy tarkibiga kirish qiyin bo'lishini oldindan his qilyapsizmi?
- Men shu paytgacha raqobatda real qarab kelganman. Hech qachon raqobatdan cho'chimaganman. Bo'lmasam, Bunyodkorda ham kuchli raqobat bo'lgandi, shunga qaramay o'z ustimda ishlashda davom etib, asosiy tarkibga kirganman. Lokomotivda ham shunday bo'lsa-da, oxirigacha harakat qilaman. Vadim Abramov ham yaxshi murabbiy, kim ko'p mexnat qilsa, o'shani maydoni tushiradi. Havotirlanishga asos yo'q. Bor kuchim bilan o'ynab, asosiy tarkibga kirmoqchiman.
- SHu kungacha Bunyodkor safida to'p surib, ko'plab muvaffaqiyatlarga erishdingiz. Jamoaning qo'lga kiritgan yutuqlarida sizning ham hissangiz borligiga ko'z yumib bo'lmaydi. Ko'p narsaga erishgan Bunyodkordek klubni tark etish og'ir bo'ldimi?
- Rostini aytsam, haliga jamoadan nega ketganligimni ko'chilik so'rashyapti. Bunyodkorda uzoq yillardan buyon o'ynab kelayotgan bo'lsam, ko'p narsalarga erishdim. Mamlakat chempioni va kubokini qatoriga qo'lga kiritdim. Osiyo chempionlar ligasida to'p surdim. Umuman olganda, jamoada o'ynash menga huzur bag'ishlardi. Qolaversa, ahil futbolchilar bilan to'p surib keldim. Ajoyib murabbiylar qo'l ostida o'ynab, bilgan va bilmaganlarimni ko'rishga muvaffaq bo'ldim. Albatta, mana shunday jamoani tark etish men uchun og'ir kechdi. Biroq bu bilan hayot to'htab qolmaydi. Ortda qolgan yillardan menga qator jamoalardan takliflar tushgandi. SHunda ham Bunyodkorni tashlab ketgim kelmadi. Bu klubga o'rganib qolgandim, muhit yaxshi ekanligi bois, ketish haqida o'ylamasdim. Biroq jamoani bunday tarzda kerak bo'lmay qolgan holda tark etishni hayolimga ham keltirmagandim.
- Demak, ketishingiz kutilmaganda ro'y berdi, shundaymi?
- Albatta, ketishimni kutmagandim. Takrorlayman, birinchi davra tugaganidan keyin birdan ketishimni eshitganimdan keyin hayron qoldim. Mayli, bo'lar ish bo'ldi. Endi buni gapirgandan ortda qaytib qolmaydi.
- Sahob aka, joriy mavsumda Bunyodkor o'ziga umuman o'xshamayapti. OCHLdagi muvaffaqiyatsizliklar, chempionatda barqaror o'yin ko'rsata olmayotgani sababi nimada?
- Menimcha, jamoada murabbiylar almashinuvi ro'y berishda davom etganligi, natijalarga salbiy tasir ko'rsatdi. Qolaversa, futbolchilar ham xato qildi. Kutilmagan mag'lubiyatlarga duch kelishimizda, o'zimizning ham aybimiz katta bo'ldi. Nafaqat bizda, balkim jahon futbolida ham murabbiylarning tez-tez almashishlari, o'sha jamoaning zarariga ishlashi mumkin. O'ylaymanki, jamoa ikkinchi davrada o'z ahvolini o'nglab oladi hamda birinchi davradagi muvaffaqiyatsizliklar shunchaki tasodif ekanligini isbotlashadi degan umiddaman.
- Bundan buyon Bunyodkorga qarshi uchrashuvlar siz uchun alohida ahamiyatga ega bo'ladimi?
- SHuncha yil Bunyodkor uchun to'p surganim bois sobiq jamoamga qarshi o'yinlar katta ahamiyatga ega bo'ladi. Endi men Lokomotiv jamoasi azosiman. Jamoa manfaati uchun qo'ldan kelgancha barcha imkoniyatlarimni ishga solaman. Bunyodkor bilan bo'ladigan o'yinlarda ham Lokoni muvaffaqiyati uchun harakat qilaman. Professional futbolchi, qaysi jamoada o'ynamasin, faqat o'sha klubiga yordami tegishini o'ylashi lozim.
- Avvalgi jamoangiz bilan ko'plab sovrinlarga ega bo'lgansiz. Lokomotivga esa qanday maqsadlar bilan keldingiz?
- Hozirda jamoa oldiga chempion bo'lish va kubokni qo'lga kiritish vazifasi turibdi. SHuning uchun ham tarkib kuchaytirilmoqda. Ikkinchi davrada men ham jamoaning vazifasini uddalashiga harakat qilmoqchiman. SHu tariqa Lokomotivga bejiz kelmaganligimni isbotlash niyatidaman. O'ylaymanki, bu erdagi ishlarim hammasi yaxshi bo'lib ketadi.
- Faoliyatizni yurtimizda o'tkazib kelmoqdasiz. Har bir futbolchi legioner sifatida xorijda to'p surishni istaydi. Siz chetga chiqishni o'ylab ko'rganmisiz?
- Bo'lmasamchi! Men ham legioner bo'lib, chetda o'ynashga qarshi emasman. Kelgusi yili Lokomotiv bilan Osiyo CHempionlar ligasida o'ynasam, yaxshi bo'lardi. OCHL o'ynash orqali birorta klubni nazariga tushish mumkin. Arablarmi yoki sharq mamlakatlarimi, qaysi biridan ham taklif bo'lsa, xorijga yo'l olmoqchiman.
"Futbol Ekspress" gazetasi

Fikrlar