So’nggi yangiliklar

19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  25 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  13

“Safari qariyotgan” APL futbolchilari Yangiliklar

“Safari qariyotgan” APL futbolchilari

APLning 8-turi davom etayotgan vaqtda futbolchilarning holati va jamoadagi o'rni turlicha

Ularning orasida hozirgi o'yini bilan ko'pchilikni etirofiga sazovor bo'layotgan, shunindek, o'z potencialini ko'rsata olmayotgan futbolchilar etarlicha. Mazkur futbolchilar katta ehtimol bilan qishki transfer vaqtida klublarini almashtiradi.

Quyida ushbu futbolchilar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Aaron Remzi

Bir necha yillardan beri “Arsenal” sharafini himoya qilib kelayotgan Aaron Remzi klubdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. Uning mahorati katta klub safida o'ynashga etadi. Ammo ayni vaqtda to'pchilar” safida o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmayapti. SHartnomasi kelasi yil yozida yakuniga etadigan futbolchi bilan London klubi rahbariyati hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli uelslik  APLning 2013/2014 yilgi mavsumida 16 gol va 8 assist qayd etgan. Bu uning hozirgacha to'p surgan mavsumlari orasida eng yaxshisi bo'lib turibdi.  

Tom Hiton

So'nggi bir necha yilda “Byornli” klubining birinchi raqamli darvozaboni bo'lgan Tom Hiton o'tgan mavsumda olgan jarohati sabab, asosiy tarkibdagi o'rnini boy berib qo'ydi. Nik Poup ajoyib o'yinlari orqali hammani lol qoldirmoqda. Bundan tashqari, Angliyaning mashhur kipperi Jo Hart ham yozgi tranfer vaqtida jamoaga olib kelindi va ortda qolgan 7 turda eng ko'p seyv qayd etgan darvozabon bo'lib turibdi. Bu esa 32 yoshli inliz posboniga asosiy tarkibda joy yo'qligi va o'zi uchun yangi klub topishi kerakligini ko'rsatadi.

Pol Pogba

Pol Pogba Franciya terma jamoasida qo'lga kiritgan jahon kubogidan keyin, uning “Manchester Yunayted”dagi foydali ish koefficenti tushib ketdi. Ko'plab mutahassislar muammo aynan Mourino bilan bog'liq deb hisoblashmoqda. Agar bu ish shunday davom etsa, Pogba yaqin orada jamoasinii almashtiradi. 25 yoshli yulduzga “Barselona” va “PSJ” skautlari qiziqish bildirishmoqda.  

Nataniel Klayn

Istedodli o'ng qanot himoyachi 2017 yil mavsum avjiga chiqqan bir pallada shikastlandi va Yurgen Klopp shakllantirayotgan “Liverpul”ning  kuchli o'n bittalik tarkibidan tushib qoldi. Uning joyida harakat qilayotgan Trent Aleksandr-Arnold nafaqat jamoaning, balki Angliya futbolining yosh umidli futbolchisi sifatida etirof etilmoqda. Klopp ham Arnoldga ishonch bildirayapti. Natan Klaynning tajribasi va himoyalanish qobiliyati Premer Liganing ko'plab klublariga mos tushadi.  

Ruben Loftus-CHik

O'tgan mavsumda “Kristal Pelas”dagi o'yini orqali Angliya MTJning Rossiyada o'tkazilgan tarkibidan joy ola bilgan futbolchini muhlislar unutib qo'yishdi. Sababi, ijaradan yana “CHelsi”ga qaytgan 22 yoshli yarimhimoyachiga Mauricio Sarri imkoniyat bermayapti. Angliyalik iqtidorli futbolchi rivojlanishida o'yin amaliyoti muhim. Balki, Ruben “Kristal Pelas” klubida yana shunday sharoitga ega bo'lishi mumkin.

Viktor Vanyama

Viktor Vanyama 2016 yili “Sautgempton”dan “Tottenhem”ga kelib qo'shildi va barcha turnirlarda 74 marta “shporlar” libosida maydonga tushdi. Hozirda, Pochettino uning hizmatlariga ehtiyoj bildirmayayotganini, bu yilgi mavsumda atigi 51 daqiqa to'p surganidan bilib olish qiyin emas. Asosiy etibor Harri Uinks, Musa Dembele hamda Erik Daerga qaratilmoqda. Bu esa keniyalik futbolchiga zahirada qolib ketmaslik uchun boshqa klub topishi kerakligini bildiradi.  

Alberto Moreno

Moreno 2017 yil noyabr oyidan beri yangilangan “Liverpul” tarkibida bor yo'g'i 90 daqiqa ko'rinish berdi. CHempionship vakili “Hall Siti”dan harid qilingan Endryu Robertson Moreno o'rnida fantactik mavsum o'tkazayapti. Klopp “mersisaydliklar”ning chap qanot himoyasida aynan Robertsonga ishonch bildirishi, Morenoning zahira o'yinchisiga aylantirib qo'ydi.  

Gari Kehill

2012 yildan beri “CHelsi” safida o'ynayotgan Gari Kehill Angliya Premer Ligasi(2 marta), UEFA CHempionlar Ligasi, Evropa Ligasi, Angliya kubogi va Liga kubogi sohibi bo'lishga erishdi. Yaqinda 32 yoshli himoyachi allaqachon boshqa jamoaga o'tish vaqti kelganligini ommadan yashirib o'tirmadi. Boisi, mazkur mavsumda Sarri tajribali ingliz futbolchisini atigi bitta uchrashuvda maydonga tushirdi.  

Divok Origi

Divok Origi 2014 yilda Franciyaning “Lill” klubidan 10 mln funt sterling evaziga “Liverpul” kelajagi deya olib kelingandi. Biroq, o'tgan mavsumni “Volfsburg” jamoasida o'tkazgan forvard bu yil biror marta ham maydonga tushmadi. Bu esa futbolchiga “qizillar”da joy yo'qligini ko'rsatadi. Qayd etish kerak, belgiyalik hujumchi “Liverpul” tarkibida 77 uchrashuvda maydonga tushgan va o'z nomini 21 marotaba tabloga yozdirib qo'ygan.

Daniel Drinkuoter

“Lester ertagi” qahramonlaridan biri, Drinkuoter 2017 yilda Roman Abramovich jamoasiga o'tdi. "CHelsi" 28 yoshli yarimhimoyachiga ushbu mavsumdan etiborni kamaytirgandek(birorta uchrashuvda o'ynamadi). Faoliyatini yuqori pallasiga etib kelgan Daniel, o'z mahoratini ko'rsatishi uchun ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi talab etiladi.  
Fernando Llorente

APLning 2016/2017 yilgi mavsumida Fernando Llorente “Suonsi” jamoasida yaxshi o'yin ko'rsatdi(33 o'yin, 15 gol). Natijada, Maurisio Pochettino ispaniyalik hujumjini “Tottenhem”ga taklif etdi. Lekin, Fernando argentinalik murabbiy kutganichalik jamoani kuchaytira olmadi(33 o'yin, 5 gol). Harri Keynning soyasida qolib ketayotgan 33 yoshli futbolchi, ushbu mavsumda bitta bahsda maydonga tushdi, holos.

Nodir Abdurasulov tarjimasi 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика