Sadio Mane: "Salah va Firmino bilan o'ynayotganim, omadim kelganini bildiradi"
16 noy 2019 19:50
Yangiliklar


Sadio Mane: "Salah va Firmino bilan o'ynayotganim, omadim kelganini bildiradi"
"Liverpul" vingeri Sadio Mane jamoadoshlari Muhammad Salah va Roberto Firmino haqida gapirib o'tdi.
"Har doim aytaman, ular bilan birgalikda ishlash oson. Bu ajoyib futbolchilar bilan o'ynayotganim, mening omadim kelganidan darak beradi. Ular bilan o'ynashni hamma yoqtiradi, chunki ular juda yaxshi futbolchi. O'yinimiz osonlashadi va birga ishlashdan zavq olaman.
Biz turli mamlakatdanmiz va bir xil bo'lmagan tillarda so'zlashamiz, lekin futbol tili universal deb o'ylayman. SHuning uchun, hamma shu tilda gaplasha olishi mumkin. Salah, Firmino va menda ham shu holat", – deydi Mane.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar