So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  3 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  12 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  5 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  8 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Sadio Mane: “Faoliyatimni o'zgartirishda to'g'ri qarorga keldim” (to'liq intervyu) Yangiliklar

Sadio Mane: “Faoliyatimni o'zgartirishda to'g'ri qarorga keldim” (to'liq intervyu)

“Liverpul” bilan shartnoma imzolagan senegallik hujumchi Sadio Mane klub rasmiy saytiga intervyu berdi.


- Sadio, jamoaga xush kelibsiz. Klub futbolchisiga aylanib, nimalarni his qilyapsiz?

- Bugun ajoyib kun – Evropadagi eng buyuk klublardan biriga o'tganimdan xursandman. U katta tarixga ega va ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. Jamoadoshlarim bilan tezroq uchrashish va mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutaman.

- Transferning tayyorgarlik jarayoni oldidan amalga oshgani siz uchun qanchalik ahamiyatli? Birinchi yig'indanoq sheriklaringiz bilan birga bo'lasiz.

- Bu juda muhim. Mavsumga tayyorgarlikni boshqalardan kechroq boshlash oson emas. Endi qolganlar bilan bir paytda mashg'ulotga kirishaman. Bu meni yanada xursand qiladi. Ish boshlashni orziqib kutaman.

- Yurgen Klopp harakatlaringizni martda “Sautgempton” tarkibida ikki gol urgan o'yiningizda kuzatgandi. O'sha uchrashuvdan qanday xotira qolgan?

- O'shanda 3:2 hisobida zafar quchganimizni eslayman. Jamoam uchun ikki to'p kiritganimdan xursand edim. Lekin bu ortda qoldi va oldimda yangi mavsumga to'liq tayyor bo'lish vazifasi turibdi.

- O'sha gollaringiz Klopp sizni tanlashida muhim jihat bo'lgan deb o'ylaysizmi?

- Buni tasdiqlay olmayman. “Liverpul” menga qiziqib qolganini bilardim. Menda boshqa takliflar ham bor edi, lekin tanlovim to'g'ri ekaniga ishonaman. Faoliyatimni o'zgartirish uchun to'g'ri vaqt va murabbiyni tanlaganimga aminman. Bunday klubning bir qismiga aylanganimdan xursandman.

- Klopp bilan nima haqida gaplashdingiz? U sizga nima dedi?

- U bilan suhbatlashdim. Albatta, Klopp “Liverpul”ga o'tishimda katta ishni bajardi. Unga bildirgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiraman. CHin dildan mehnat qilib, klubga borimni berishga urinaman va bu imkoniyatni kutaman.

- U sizdan nimalar kutayotgani haqida takidladimi?

- U shunchaki jamoaga kelib, “Liverpul” uchun o'ynashim kerakligini aytdi. O'zimdan so'rab ham o'tirmadim va darhol ijobiy javob qaytardim. Klubning buyuk ekanini bilaman. Klub va murabbiy men uchun to'g'ri tanlov bo'lganiga ishonaman.

- O'tgan mavsum “Sautgempton” tarkibida barcha musobaqalarda 15 gol urib, jamoa to'purari bo'ldingiz. Golni his qilishni shunday holatda “Liverpul”da ham saqlab qolasizmi?

- Ha, albatta. Hujumda o'ynaydigan har bir futbolchi jamoa g'alabasiga katta hissa qo'shishi mumkin. Endi sheriklarim bilan birga o'ynab, bir-birimizga yordam beradigan paytni kutaman. Klubni yuqoriga ko'tarishga intilamiz.

- Ko'proq nima yoqadi – gollarmi yoki assistenlik qilishmi?

- Eng muhim narsa jamoa g'alabasi deb o'ylayman.

- Bugun jamoa bazasida bo'lishga ulgurdingiz. Yoshligingizda Premer-ligadagi to'qnashuvlarni kuzatgan bo'lsangiz kerak. “Liverpul” haqida nimalarni bilasiz?

- “Liverpul” jahondagi eng katta klublardan biri hisoblanadi. 2005 yil CHempionlar ligasini finalini kuzatganman. O'shanda “Milan” bilan uchrashuv ajoyib kechgan va jamoa uchun juda xursand bo'lgandim. Bu klubda ajoyib va buyuk futbolchilar o'ynagan. Masalan, Jeymi Karrager. Orzum ulashdi va hozir klubning bir qismiga aylanganimdan baxtliman.

- Senegalda o'sgan paytingizda bir kun kelib, shunday buyuk klubda o'ynashni orzu qilganmisiz?

- Ha, bu asosiy orzumga aylangandi. Hamisha katta jamoalarda o'ynashni xohlaganman. Hozir esa tezroq mashg'ulotni boshlashni orziqib kutyapman. Klubga yordamim tegishini istayman.

- 2015 yilning may oyida “Aston Villa”ga qarshi o'yinda eng tez xet-trik muallifi bo'lib, bu hayotingizdagi eng yaxshi lahza bo'lganini aytgandingiz. Uni bugungi kun bilan taqqoslash mumkinmi?

- O'sha kuni eng yaxshi kunim bo'lgandi, chunki jamoa ajoyib g'alabaga erishgandi. Biz uchun o'sha bahsni yutish muhim edi, men uchun esa gollar urish. SHu sababli juda xursand edim. Endi esa eng yaxshi kunim sifatida shartnomaga imzo chekkan kunni ko'rsatishim mumkin.

- Oxirgi ikki yilda “Sautgempton”dan “Liverpul”ga o'tgan beshinchi futbolchiga aylandingiz. Nataniel Klayn siz eng yaxshi bilgan futbolchi sanaladi. O'tish to'g'risida u bilan suhbatlashishga imkon bo'ldimi?

- Hozircha yo'q. Uni juda yaxshi bilaman, ajoyib yigit. Bu erda yo'llarimiz kesishganidan baxtiyorman. Umid qilamanki, u va boshqa yigitlar bilan birgalikda mavsumdan rohatlanamiz. SHu bilan birga “Sautgempton”ga bog'liq bo'lgan barcha insonlarga va muxlislarga rahmat aytaman, ularning hammasi hayratlanarli bo'ldi. Bu erda turganim aynan “Sautgempton” tufaylidir. Ko'plab yaxshi insonlar bilan ishlab, ko'p narsalarni o'rgandim. Bu yog'iga “Liverpul” safiga qo'shilishimni kutib qolaman.

- Keyingi mavsumda yangilangan “Enfild”da muxlislar qarshisida o'ynaysiz. Buni qanchalik kuchli darajada kutyapsiz?

- Buncha ko'p muxlislar oldida “Enfild”da o'ynashdan xursandman. Klub uchun ajoyib o'tadigan mavsumni kutyapman.

- Suhbat yakunida ishqibozlarga nima deysiz yoki ularga qanday vada bera olasiz?

- Ular ishonchni yo'qotmasliklarini so'rardim. Bu yil o'zgacha bo'ladi deb o'ylayman. Yigitlar bilan uchrashib, kelayotgan mavsumdan rohatlanishni xohlayman. Starrij, Koutino, Lallana va Milner kabi futbolchilar bilan birga o'ynashni orziqib kutaman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика