So’nggi yangiliklar

10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  0 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  3 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  4 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3

Sadd Al SHehri: "Umid qilamizki, ertaga O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi o'yinni finaldagi bo'lajak raqibimizni bilib olish maqsadida kuzatamiz" Yangiliklar

Sadd Al SHehri: "Umid qilamizki, ertaga O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi o'yinni finaldagi bo'lajak raqibimizni bilib olish maqsadida kuzatamiz"

Ertaga U-23 Osiyo Kubogi yarim finali doirasidagi Avstraliya U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yindan oldin tashkil qilingan matbuot anjumanida Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi Sadd Al SHehri va o'yinchi Hamad Al Tuhayfon o'zlarining o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tishdi.

- Hurmatli murabbiy, yarim final bahsidan oldin o'z fikrlaringizni bildirsangiz...

- Avvalambor, barcha jamoalarni yarim final bosqichiga etib kelganliklari bilan tabriklayman. Avstraliyaga qarshi o'yinga to'liq tayyormiz. Finalga yo'l olamiz deb o'ylayman. Avstraliya U-23 terma jamoasi ham ajoyib o'yin ko'rsatadi. Jamoaning yarim finalga etib kelganining o'zi ham ko'p narsani anglatadi. 

- Janob murabbiy, yarim finalda qanday o'yin ko'rsatishni rejalashtirmoqdasiz?

- Yarim finalda o'z o'yinimizni ko'rsatamiz. Har bir jamoaning bu bosqichdagi maqsadlari aniq bo'ladi. Toza futbol o'ynashga harakat qilamiz. Futbolchilarim o'yinga to'liq tayyor bo'lishadi deb o'ylayman. 

- O'yinchi Hamad Al Tuhayfonga savol. Saudiya Arabistoni shu bosqichga qadar birorta ham gol o'tkazmadi. Buning siri nimada?

- Biz o'z ustimizda juda ko'p ishlaganmiz. Murabbiyning ko'rsatmalariga to'liq amal qilib keldik. Ertaga ham gol o'tkazmaslikka umid qilamiz. 

- Avstraliya jamoasining o'yin uslubi haqida murabbiyning fikri qanday?

- Avstraliya juda kuchli jamoa. Umuman olganda bu bosqichdagi barcha jamoalar kuchli. Raqibimiz Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Ikkala jamoada ham sifatli o'yinchilar bor. G'alaba qozonishga umid qilamiz. 

- Janob murabbiy, O'zbekiston va Yaponiya termalari o'rtasidagi o'yin haqida fikr bildira olasizmi?

- Bilasizmi, raqibni biz tanlay olmaymiz. Umid qilamizki, ertaga O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi o'yinni finaldagi bo'lajak raqibimizni bilib olish maqsadida kuzatamiz.

- Murabbiyga savol. Avstraliyani to'xtatishda sizda qanday rejalar bor?

- O'ylashimcha, bizning yuqori tayyorgarlik. Ertaga barchaga yoqadigan o'yin taqdim qilishimizga ishonaman.  Albatta, biz har qanday syurprizlarga tayyor bo'lamiz. O'yin davomida qanday holat yuz bersa ham, biz shunga yarasha o'yin ko'rsatamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика