Sabri Lyamushi: "Bunyodkor" penaltilar seriyasiga ruhan tayyor ekan"
08 fev 2017 07:55
Yangiliklar


Sabri Lyamushi: "Bunyodkor" penaltilar seriyasiga ruhan tayyor ekan"
OCHL-2017 saralashi doirasidagi "Al Jayish" - "Bunyodkor" (0:0, penaltilar seriyasi 1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun yaxshi harakat qildik. Raqibdan yomon o'ynamadik. Romarinoda ikkita vaziyat bo'ldi, biroq undan foydalana olmadi. "Bunyodkor" juda yaxshi himoyalandi, tartibli o'ynadi va chidam bilan harakat qildi. Penaltilar seriyasi bu lotoreya. O'sha paytda kim ruhiy tomonlama tayyor bo'lsa shu jamoa g'olib bo'ladi. "Bunyodkor" bu borada ustunlik bo'ldi va raqib g'alaba qozondi.
Mening klubdagi keyingi faoliyatim borasida hech nima deya olmayman. Buni rahbariyat hal qiladi", - deydi Sabri Lyamushi.
"Bunyodkor" matbuot xizmati

Mening klubdagi keyingi faoliyatim borasida hech nima deya olmayman. Buni rahbariyat hal qiladi", - deydi Sabri Lyamushi.
"Bunyodkor" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar

Fikrlar