Sabaleta: "Vidal yoshlarga o'rnak bo'lishi kerak, u esa mast xolda mashina boshqaryapti"
18 iyu 2015 17:12
Yangiliklar


Sabaleta: "Vidal yoshlarga o'rnak bo'lishi kerak, u esa mast xolda mashina boshqaryapti"
Argentina terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Pablo Sabaletaning fikricha, CHili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal mast xolda mashina boshqargani uchun jiddiy jazoga loyiq.
"Vidal uzr so'radi, ammo bu jiddiy qoidabuzarlik. Futbolchilar - juda mashhur bo'ladi. Biz yoshlarga o'rnak bo'lishimiz zarur. Agar sen turnirda ishtirok etayotgan bo'lsang, ayniqsa bu musobaqa sening yurtingda bo'lsa, o'zingni yaxshi tutishing kerak" - deydi Sabaleta.

Fikrlar