So’nggi yangiliklar

20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  3 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  57 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  6 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  2 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  1 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  11 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  6 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  2 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  2 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2

Saad Al-SHehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo'lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" Yangiliklar

Saad Al-SHehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo'lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq"

Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Saad Al-SHehri va jamoa sardori Faysal Al-Gamdi O'zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Barchaga xayrli kun. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, keyingi bosqichga yo'l olgan barcha terma jamoalarga omad tilayman. Ertaga finaldan oldingi final bizni kutib turibdi. Raqibimiz ham bizga tanish bo'lgan O'zbekiston. Ertangi uchrashuv qiziqarli o'tishiga shubham yo'q.

Faysal Al-Gamdi

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Ertangi uchrashuv musobaqadagi eng qiziqlaridan biri bo'ladi deb o'ylayman. Uchrashuvga tayyormiz.

- O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiy bosh murabbiyi raqibni tahlil qilib chiqdim deb aytib o'tdi. Siz O'zbekiston terma jamoasini qanchalik o'rganib chiqdingiz? Ularning tarkibi va jamoaga qo'shilgan yangi futbolchilar va boshqa hijatlar juda ko'p?

- Guruh bosqichida barcha jamoalar uchtadan o'yin o'tkazishdi va ularni o'rganishga imkoniyatimiz bo'ldi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi so'ngi yillarda juda ko'p o'yinlar o'tkazdi va tajriba to'pladi.

- Yana bir marotaba o'tgan Osiyo kubogini eslasak, tarkibingizdagi bir nechta o'zgarishlar bo'ldi. Bu sizlarga qiyinchilik to'g'dirmaydimi?

- Hozirgi tarkibimiz ham etarlicha tajribaga ega. Bizning safimizda nafaqat o'tgan Osiyo kubogidagi finalda, balki kattalar o'rtasidagi Osiyo kubogi va milliy terma jamoa safida JCH saralashida ishtirok etayotgan futbolchilar ham. Bu bizga muammo bo'lmaydi deb o'ylayman.

- O'zbekiston terma jamoasi so'ngi yillarda juda ko'p marotaba to'qnash keldingizlar. Osiyo o'yinlari musobaqasi doirasida bo'lib o'tgan so'ngi to'qnashuvda O'zbekiston terma jamoasi g'alaba qozondi. O'sha uchrashuvdan xulosa chiqardingizmi?

- Biz o'ynagan har bir uchrashuvdan dars olamiz. O'ylaymanki, ertangi uchrashuv Xitoyda bo'lib o'tgan uchrashuvdan yaxshiroq bo'ladi.

- O'zbekiston bilan o'ynagan qaysi tarkibingizni kuchliroq deb o'ylaysiz? Finaldagimi yoki ushbu musobaqada ishtirok etayotgan tarkibmi?

- Menimcha, hozirgi vaqtdagi avlodimiz kuchliroq. To'g'ri, biz 2022 yilda chempion bo'lganmiz, ammo u musobaqada Olimpiya o'yinlariga yo'llanma berilmagan edi. Ayni damdagi tarkib bilan musobaqa g'olib bo'lishni va Olimpiada yo'llanmani qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz.

Faysal Al-Gamdi

- Guruh bosqichida ikkita uchrashuvda g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etdingizlar. Stadiondagi muxlislarning qo'llab quvvatlashi yaqqol sezilib turdi. Ertangi uchrashuv oldidan saudiyalik muxlislarga nimalar deya olasiz?

- Guruh bosqichini yaxshi o'tkazdik deb o'ylayman, ammo hozir u o'yinlarni unutish kerak. Ertaga bizni juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Saudiyalik muxlislar bizni yanada kuchliroq ko'llab quvatlashlariga ishonaman.



Reyting: -39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика