So’nggi yangiliklar

06:40Суперлига. "Навбаҳор" йирик ҳисобда зафар қучди, "Пахтакор" ва "Динамо" эса ўйиннинг охирги дақиқаларида уч очкони қўлга киритди  0 02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  8 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  19 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  5 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42

Ryuji Sato haqida nima bilamiz? Yangiliklar

Ryuji Sato haqida nima bilamiz?

Teglar :  Ryuji Sato
Yoki yapon sindromining tugashi haqida...

JCH-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O'zbekiston milliy termasining dastlabki uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Eslatib o'tamiz, bosh jamoamiz ushbu bosqichni 1 sentyabr kuni Suriya termasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Toshkentdagi Bunyodkor stadionida kechadigan bahsni FIFA referisi Ryuji Sato boshqarib borsa, unga qanotlarda vatandoshlari Toru Sagara hamda Xiroshi Yamauchi yordam berishadi. To'rtinchi hakam - Xiroyuki Kimura.

Quyida O'zbekiston termasi uchun o'ta muhim sanalgan o'yinda ishlaydigan hakamning tarjimai holi, shuningdek, boshqa yapon hakamlarining milliy jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarni qanday boshqarishganiga to'xtalib o'tamiz.

Malumot uchun. Ryuji Sato 1977 yil 16 aprelda Yaponiyaning Nagoya muzofotidagi Aichi shahrida tavallud topgan. 2004 yildan buyon hakamlik qiladi. 2009 yili FIFA ro'yxatiga kiritilib, katta o'yinlarda ishlay boshlagan. 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashi uning uchun dastlabki yirik musobaqaga aylandi. 2015 yilgi OKda faoliyat yuritgan 11 hakamdan biri bo'ldi.

Ryuji Sato O'zbekiston termasi ishtirokidagi 2ta bahsda ishlagan. Bu o'yinlarning bitasida durang qayd etib, birida g'alaba qozonganmiz. OCHLning so'nggi mavsumida Nasaf va Lokomotivning safar o'yinlaridan birini boshqargan Ryuji Sato turli yoshdagi termalarimiz va klublarimiz ishtirokidagi 6ta o'yinda hakamlik qilgan.

Xorij saytlaridagi malumotlarga ko'ra, u bitta bahsda o'rtacha 3-4ta sariq kartochka ko'rsatadi, penalti belgilanishi va qizil kartochka ko'rsatilishi uchun yapon hakamiga FIFAning 84 betli qoidalar to'plamining jiddiy tarzda o'zgarishi talab etiladi. Imkon qadar o'yinni buzmaslikka intiladi, jismoniy tayyorgarligi maromida. Bitta muammo shuki, uning yordamchilari tez-tez o'zgarib turibdi. Misol uchun, 24 mart sanasida bo'lib o'tgan milliy jamoamizning Filippin termasiga qarshi bahsida unga Toru Sagara va Ochi SHinji yordam berishgan edi. Bu safar Ochi SHinji o'rniga Xiroshi Yamauchi tayinlangan. Aslida, ushbu laynsmen Sato brigadasi uchun begona emas.

Ryuji o'yinchilarga muammoli vaziyatlarni tushuntirishga u qadar ehtiyoj sezmaydi. Balki bunga yapon hakamlarining ingliz tilida tushuntirish berishlari yuksak saviyada emasligi sababdir. Albatta, bu faqat bizning taxminlarimiz, xolos. Quyida Satoning FIFA rasmiy ro'yxatiga kiritilgan o'yinlarda qanday ishlagani qayd etilgan jadvalni etiboringizga havola etamiz.



Fakt o'rnida. Ayni payt Yaponiyadan 7 nafar bosh hakam FIFA rees-triga kiritilgan. Ular quyidagilar: Masaaki Toma (2005), Minoru Tojo (2007), Ryuji Sato (2009), Yuddai Yamamoto (2011), Jumpey Iida (2011), Xiroyuki Kimura (2014), Takuto Okabe (2015).

SHu paytgacha Kunchiqar yurt hakamlari mundial yo'lidagi 9ta o'yinimizni boshqarishgan. Ulardan birining tafsiloti (2005 yil 3 sentyabrda Toshkentda bo'lib o'tgan O'zbekiston - Bahrayn bahsi Lennart Yuxansson, Xulio Grondona, CHung Mong Jun va Urs Linsilardan iborat byuro tomonidan ko'rib chiqilib, 8ta vaj o'rganilgan va bekor qilingan) ko'pchilikka malum. Iordaniyaga qarshi davom etgan yaqin 4 soatlik o'yin va o'ta murakkab penaltilar seriyasi, Janubiy Koreyadagi SHorahmedovning avtogoli, Jardagi Eronga boy berilgan triller-bahs - bularning barida yapon hakamlari ishlaganlar. Umuman olganda, yaponiyaliklar boshqargan 11ta uchrashuvning atigi 3tasida hamyurtlarimiz g'alaba qozonishgan. Yapon sindromidan qutulish - o'z qo'limizda! CHunki Suriya termasi ham hujumkor futbolni xush ko'ruvchilar sirasiga kiradi.

2013 yil 15 noyabrda Suriya - Singapur bahsi(4:0)da Minoru Tojo ishlagandi. SHundan beri bu terma jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarga yapon hakami tayinlanmadi. Vaholanki, suriyaliklar o'shandan buyon 12ta o'yin o'tkazishdi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика