Ryudiger “Real”da o'ynagan qaysi futbolchiga taqlid qilganini aytdi
21 sen 2022 09:40
Yangiliklar


Ryudiger “Real”da o'ynagan qaysi futbolchiga taqlid qilganini aytdi
“Real” himoyachisi Antonio Ryudiger Pepe haqida fikr bildirdi.
“Pepe – men uchun asosiy namuna edi. Unga o'xshashni juda xohlardim. “Real”da asosan uni kuzatardim.
U raqiblarini qanday qilib olib tashlardi... SHu kabi videolarni qanchasini ko'rib chiqqanman. Pepe aqldan ozar darajada zo'r edi. Nafaqat to'qnashuvlarda. U o'yinni qurishga ko'maklashardi.
Pepe – futbolkasini olishim uchun bir soat kutishga ham tayyor bo'lgan yagona o'yinchi edi. Pepe, Serxio Ramos va Tyago Silva – kollekciyamdagi ekipirovkalar bilan faxrlanadigan uch futbolchidir. Afsonalar”, degan Ryudiger.
Eslatib o'tamiz, Pepe 2007-2017 yillar davomida madridliklar sharafini himoya qilgan. U 2019 yildan beri “Portu” safida o'ynamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar