Ruxsor FM: Qishda “Neftchi”ga “Cementchi” va “Yozyovon-lochinlari”dan futbolchilar jalb qilinadi
28 noy 2015 07:00
Yangiliklar
Ruxsor FM: Qishda “Neftchi”ga “Cementchi” va “Yozyovon-lochinlari”dan futbolchilar jalb qilinadi
Evgeniy CHeremesin “Qizilqum” bilan o'yinning ertasigayoq jamoani tark etgan. Tabiiyki, mavsum yakuniga etgach keldi-keldilar haqida gaplar boshlanadi. Malumotlarga qaraganda, hozir “Neftchi”ning barcha futbolchilariga javob berilgan va tarkib 15 dekabr kuni yana yig'iladi. Aynan mana shu ilk yig'in vaqtida ko'p narsaga oydiklik kiritiladi. “Neftchi”ning deyarli 80 foiz futbolchilarining shartnomasi yakuniga etib bormoqda. Aksariyat, o'yinchilar bilan bir yillik shartnoma imzolangan. Tatil yakuniga etgach, klubda kim qolishi yoki ketish masalasiga oydiklik kiritiladi. “Neftchi” oliy liga-2016 arafasida tarkibni kuchaytish niyatida. “Cementchi” va “Yozyovon-lochinlari” jamoalaridan yangi ijrochilar “Neftchi”ga jalb qilinadi. Xullas, hozircha jamoadan ketadiganlar haqida xech qanday malumot yo'q. Ko'p narsa birinchi yig'indan so'ng malum bo'ladi. SHuningdek, jamoa oldiga oliy liga-2016da aniq bir vazifa qo'yilishi ham kutilmoqda.
“Ruxsor” radiosi, “Futbol kundaligi” dasturidan
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar