Rustamjon Ashurmatov: "Gol urishimni sezgandim"
08 fev 2017 09:36
Yangiliklar
Rustamjon Ashurmatov: "Gol urishimni sezgandim"
OCHL-2017 saralashi doirasidagi "Al Jayish" - "Bunyodkor" uchrashuvidan keyin mehmonlar himoyachisi Rustamjon Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.
"Jamoamiz ancha yosh bo'lsa ham guruh bosqichiga chiqish vazifasini uddaladik. Qiyin o'yin bo'ldi, barcha yigitlar bir biriga yordam berib o'ynadik.
Uchrashuvdan oldin mehmonxonadaligimda bugun gol urishimni xis qilgandim. Xonadoshim Dilshod Hamroevga ham bugun gol urishimni sezayapman degandim. Penaltilar seriyasidan bo'lsa ham gol urganimdan xursandman. Gol urgach zaxira o'rindig'idagi Dilshod Hamroevni yoniga borib mehmonxonadagi gaplarimni eslatdim.
Bizni O'zbekistondan turib qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman", - deydi Rustamjon Ashurmatov.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar