So’nggi yangiliklar

10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  0 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  2 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  7 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6

Rustam Xodjaev: "Tarkibni imkoniyatimizdan kelib chiqib shakllantirganmiz" Yangiliklar

Rustam Xodjaev: "Tarkibni imkoniyatimizdan kelib chiqib shakllantirganmiz"

OFK kubogi guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan "Xo'jand" - "Oloy" uchrashuvidan oldin tojikistonliklar bosh murabbiyi Rustam Xodjaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

"Turnir jadvalida egallab turgan o'rnimiz hech narsani anglatmaydi. Biz uchun musobaqani yaxshi kayfiyat bilan yakunlash imkoniyati bor. Ijobiy natija uchun harakat qilamiz".

- Ushbu bahs hech narsani anglatmasligini aytdingiz. "Xo'jand"ning OFK kubogidagi ishtiroki nima uchun omadsiz chiqdi?

- OFK kubogida yaxshi ishtirok etishni, guruhdan chiqishni rejalashtirgandik. "Nasaf" bilan bahs hal qiluvchi bo'ldi. Raqib bizdan kuchliroq ekani bilindi. OFK kubogida avval ham ishtirok etgan tarkibdan hozirda faqat Firdavs CHakalov, Dilshod Bozorov qolgan. Boshqalar bunday tajriba yo'q. 

- Jamoaning muvaffaqiyatsizligida asosiy sabab nima va aybor kim? Ijtimoiy tarmoqlarda bu borada ko'p fikrlar yangramoqda...

- Ijtimoiy tarmoqlarda fikrlar bo'lishi tabiiy. Birinchi uchrashuvda yomon o'ynamagandik. Vaziyatlardan foydalanishda oqsadik xolos. Jamoadagi ayrim futbolchilarga tajriba etishmayapti. Buni bosh murabbiy sifatida aytyapman. Hozir kimnidir aybdorga chiqarish niyatim yo'q. 

- Ertangi o'yin oldidan futbolchilarda g'alaba uchun stimul bormi?

- Ha, albatta. O'yinni ahamiyati shundaki, guruh bosqichini munosib tarzda yakunlashimiz kerak. Hayot davom etadi. Oldinda bizni chempionat bahslari kutmoqda. O'z o'yinimizni ko'rsatib maqsadimiz sari intilib boramiz. 

- Jamoada moliyaviy muammolar bormi?  Transferlar oynasi vaqtida yangi futbolchi olinmagani nimaga bog'liq?

- Klub barchasini qilmoqda. Kichik muammolar yo'q emas. Selekciya ishlari davom etyapti. Bizda o'ynashga tayyor bo'lgan futbolchilarni o'z tarkibimizga olishga tayyormiz. Biz kuchli futbolchi yoki legionerni oladigan top jamoa emasmiz. Tarkibni imkoniyatimizdan kelib chiqib shakllantirganmiz. Tojiktiston terma jamoasiga nomzod ikki nafar futbolchimiz bor. Yoshlar uchun ushbu musobaqa katta tajriba bo'lyapti.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика