So’nggi yangiliklar

13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  1 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  2 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  0 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  5 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  14 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  11 07:20Суперлига. Бугун 11-турга старт берилади. Қаршида етакчилар тўқнашуви бўлиб ўтади  20

Rustam Umarov: “Juda ham alamli natija” Yangiliklar

Rustam Umarov: “Juda ham alamli natija”

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyada bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati guruh bosqichida 2-turda mezbon jamoa Kolumbiya terma jamoasi ga qarshi o'yinda 3:3 durang natija qayd etdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz posboni Rustam Umarov bilan o'yin haqida ijtimoiy tarmoq orqali suhbatlashdik.  

“Kolumbiya terma jamoasi bilan juda ham zo'r o'yin bo'ldi. Uchrashuvdan oldin jamoadoshlarim bilan yig'ilib faqat g'alaba qozonishimiz haqida gaplashgan edik. Maydonga chiqib kelayotganimizda tomoshabinlar juda ham ko'p edi. Biz ularga etibor qaratmasdan o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik. O'zimizni xuddi o'z uyimizda o'ynayotgandek tasavvur qildik.


Muxlislar ularni emas bizni qo'llab-quvvatlab turgandek tuyuldi. Xuddi Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatiga o'xshab ketdi. Raqib darvozasiga ikkita gol urib olganimiz bizga yordam berdi. O'zimizga bo'lgan ishonch yanada ortdi. Birinchi bo'limda raqib jamoada ham bizda ham golga tortadigan vaziyatlar ko'p bo'ldi. Ular mag'lubiyatga uchrayotganini bilib o'ynovchi darvozabonni maydonga tushirishdi. O'sha vaziyatda biz bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilsak bo'lardi. Lekin ushbu vaziyatdan foydalana ololmadik. Ikkita xatoyimiz tufayli raqib jamoa futzalchilari darvozamizni ishg'ol qilishdi. Juda ham alamli durang natija. Bundan fojea yasamasligimiz kerak, chunki oldimizda yana bitta o'yin bor. Nasib qilsa guruhdan chiqamiz”, - deydi futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi posboni Rustam Umarov.

  
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика