So’nggi yangiliklar

15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  0 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  1 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0

Rustam Turdimurodov: "Derbini yutishimiz shart edi. Murabbiylar menga imkoniyat berishmoqda, men esa ularning ishonchini oqlashga maksimal tarzda harakat qilyapman" Yangiliklar

Rustam Turdimurodov: "Derbini yutishimiz shart edi. Murabbiylar menga imkoniyat berishmoqda, men esa ularning ishonchini oqlashga maksimal tarzda harakat qilyapman"

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" (3:0) uchrashuvidan so'ng "Andijon" futbolchisi Rustam Turdimurodov saytimizga intervyu berdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz.

- O'yin biz kutganimizdan qiyinroq bo'ldi. Birinchi bo'lib hisobni ochganimiz bizga ishonch berdi. CHiroyli g'alabaga erishdik.

- "Andijon" mavsumni ajoyib tarzda boshlagandi, lekin keyinchalik ketma-ket 7 ta uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. Ushbu noxush seriya aynan "Navbahor" qarshi uchrashuvda yakunlanishiga nima sabab bo'ldi?

- Uzoq vaqtdan buyon g'alaba qozona olmayotgan edik. Derbini yutishimiz shart edi. Murabbiylar tanlab uslub va futbolchilarning ishtiyoqi bugungi g'alabaning asosiy omillari bo'ldi.

- "Andijon"da hujum chizig'idagi raqobat ancha kuchli, lekin shunga qaramay siz so'nggi uchrashuvlarda ko'p gol urmoqdasiz. Aleksandr Xomyakov bir nechta uchrashuv avval hujumchilar hozircha ishonchni oqlamayapti degan edi. Bosh murabbiyning gaplari sizga tasir qildimi?

- Murabbiylar shtabi menga ishonch bildirishdi va imkoniyat berishni. Men taqdim etilgan imkoniyatdan 100% foydalanishga harakat qilyapman. Bosh murabbiyimizning gaplarini yaxshi manoda qabul qildim. Raqobat haqida gapirishning hojati yo'q. Biz barchamiz bir jamoamiz. Biri akam, biri ukam. Jamoada barchasi yaxshi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика