Rustam Mirsodiqov: "SHo'rtan" qatoriga endi "Nasaf" va "Mashal"ni ham qo'shmoqchimiz"
03 iyu 2015 22:10
Yangiliklar


Rustam Mirsodiqov: "SHo'rtan" qatoriga endi "Nasaf" va "Mashal"ni ham qo'shmoqchimiz"
"O'yin haqida fikrlar? Futbolda omad degan narsa bor. Bu uchrashuvda omad ko'proq bizlarga kulib boqdi. "SHo'rtan" yaxshi jamoa. Bazi vaziyatlardan unumli foydalana olishganida nafaqat durang, balki g'alaba qozonishlari ham mumkin edi. Birgina o'yin bilan ularga yomon baho qo'ymaslik kerak. Har bir murabbiy o'yindan oldin yutaman deb chiqadi. Hozir ko'zlangan maqsadlar borasida qanchalik erisha oldik deb gapirishga erta. Jo'jani ko'zda sanaymiz. "SHo'rtan"ning himoya chizig'i ancha zaif. Voha jamoalari uchun biz noqulay raqibmizmi? Umuman oliy liga o'yinlarida "SHo'rtan"ni har doim yutib kelamiz. Asta-sekin "Nasaf" va "Mashal"ni ham shu qatorga qo'shmoqchimiz. Buyog'iga "Nasaf"ni ham muntazam mag'lubiyatga uchratib turishni rejalashtirganmiz", - deydi Rustam Mirsodiqov.

Fikrlar