Rustam Mirsodiqov: "O'zbekiston kubogida chorak finalgacha bormoqchimiz"
19 fev 2015 13:28
Yangiliklar
Rustam Mirsodiqov: "O'zbekiston kubogida chorak finalgacha bormoqchimiz"
Kecha PFL binosida O'zbekiston kubogi bahslariga qura tashlandi. Quradan so'ng "Metallurg" jamoasi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'zbekiston kubogi bahslariga qura tashlangandan so'ng qiziq bitta holat yuzaga kelmoqda. "Metallurg" ketma-ket uchinchi marta 1/16 bosqichda "CHust-Paxtakor"ga qarshi o'ynashi mumkin. Biz o'rganib ham qoldik. Har yili shu bosqichni aynan mana shu jamoa bilan boshlaymiz. Bu yilgi bosqichda "Bunyodkor-2" bo'lishi ham mumkin. Ko'ramiz qaysi jamoa g'olib chiqishini bizga unchalik ahamiyati yo'q", - deydi Rustam Mirsodiqov.
- "Metallurg" chorak finalgacha nisbatan oson vaziyatga tushdi. Bu kubok o'yinlari uchun vazifani belgilaydimi?
- Vazifani belgilaydi. "Metallurg" O'zbekiston kubogining chorak finaligacha bormoqchi. Kubokka ham albatta etibor qaratamiz. CHorak finalda "Lokomotiv" bilan o'ynash jamoamiz uchun foydali bo'ladi. Qolgani haqida boshqa narsa deya olmayman. Hammaga malumki "Metallurg" barcha bahslarga g'alaba uchun tushadi. Buni kubokda ham davom ettiradi.

championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar