Rustam Mirsodiqov: “O'z maydonimizda faqat uch ochko uchun kurashamiz”
13 sen 2014 07:50
Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: “O'z maydonimizda faqat uch ochko uchun kurashamiz”
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Metallurg” bosh murabbiyi Rustam MIRSODIQOV ishtirok etdi.
- Futbolning shunaqa qoidasi bor: kuchli jamoa odatda doim g'alaba qozonadi. Qolaversa, “Nasaf” bir necha yillardan buyon birga o'ynab, yigitlar bir birlarini yaxshi tushunib to'p tepishadi. “Nasaf”ni g'alaba bilan tabriklayman, -deya firklarini bildirdi “Metallurg” ustozi. –Ochig'ini aytish kerak, birinchi bo'limda shogirdlarim raqibdan qandaydir hayqib o'ynashdi. Qolaversa, familyasini aytmayman, bir futbolchimiz juda bo'sh harakat qildi va raqib aynan o'sha poziciyadagi kamchilikdan foydalanishga urindi. Ikkinchi bo'limda esa tarkib biroz o'zgargach, o'yinimiz umuman boshqacha kechdi. Ammo mehmonlar ikkita standart vaziyatni golga aylantirib, g'alabani ilib ketishdi. Hisobda ortda qolayotganimizda bitta gol urganimizda, o'yin boshqa yakunlanardi. Lekin “sen urmasang, senga urishadi” deganlaridek raqib o'z imkoniyatidan samarali foydalana oldi
- Bugungi o'yinga jamoangizning maqsadi qanaqa edi: durang ham sizni qoniqtirarmidi?
- Bizning shiorimiz – o'z maydonimizda “Nasaf”mi, “Bunyodkor”mi faqat g'alaba qozonish.
- Birinchi davrada Qarshidagi o'yinda jamoangiz asosiy etiborni himoyaaga qaratib, safardan muhim bir ochko bilan qaytgandi. Balki bu safar ham o'shanday harakat qilganida “Metallurg” ochko olishi mumkinmidi?
- Bizning jamoa turnir jadvalida oxirgi o'rinlarda borayotganida, balkim o'z maydonimizda”Nasaf” bilan durang uchun harakat qilishmiz mumkin edi. Lekin Bekobodda raqibimiz kim bo'lishidan qatiy nazar faqat g'alaba qozonish. Bugun tarkibimizda Kovalyov, Nurmatov Karimovlarning yo'qligi bilindi. Ular bo'lganida, o'ylaymanki, “Nasaf”ga yanada qiyin bo'lardi. Umuman olganda, bugun “Nasaf” posboni bexato harakat qilib, ayrim vaziyatlarda qaytarish deyarli imkonsiz bo'lgan zarbalarni qaytarishga erishdi. Agar o'z ustida ishlashda davom etsa, Yusupov ham Suyunovdan qolishmaydigan darajadagi darvozabon bo'la oladi.

Fikrlar