Rustam Mirsodiqov: "Har ikkala jamoaga ham g'alaba kerak edi"
01 iyu 2014 21:22
Yangiliklar
Rustam Mirsodiqov: "Har ikkala jamoaga ham g'alaba kerak edi"
Oliy liganing 10-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Andijon" (3:2) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov ishtirok etdi.
- Har safar uchrashuvdan so'ng shu savol beriladi. Lekin bugun juda muxlislar ham ajoyib o'yinga guvoh bo'ldi deb o'ylayman, - deya gap boshladi Rustam To'xtamurodovich.
Har ikkala jamoaga ham g'alaba kerak edi. Ayniqsa raqibimiz "Andijon"ning turnir jadvalida egallab turgan o'rni qoniqarsiz bo'lgani uchun ham ular g'alaba ishtiyoqida to'p tepdi. Lekin shogirdlarim astoydil o'ynab, g'alabani o'z tomonimizga og'dira olishdi. Bundan xursandmiz.
- "Andijon"ning o'yini menga yoqdi. Bitta futbolchi kam o'ynagan bo'lsada, ochko olish ilinjida bo'lishdi. Ularda ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin ruhiy pasayish bo'lgandek tuyuldi.
- Albatta jamoada har bir futbolchining o'z o'rni bor. Himoyachimiz Aleksandr Kovalyov jarohati bois maydonga tusha olmayapti.
- Keyingi turda "Paxtakor" bilan ro'baro' kelamiz. Garchi "sherlar" turnir jadvalida peshqadamlik qilib kelayotgan bo'lsa-da, bu bizni cho'chitmaydi. CHunki ilgari ham bu jamoaga qarshi o'ynaganmiz. Navbatdagi uchrashuvda ham ijobiy natijaga erishish uchun o'ynaymiz, - deydi Mirsodiqov.

Fikrlar