So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  5 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

Rustam Mirsodiqov: "Buxoro" futbolchilari ruhan sinib qolishgan" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Buxoro" futbolchilari ruhan sinib qolishgan"

“Buxoro” - “Metallurg” (0:3) uchrashuvidan so'ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Rustam Mirsodiqov ishtirok etdi.
“Bugun juda issiq havoda har ikkala jamoa futbolchilari juda qiynalishdi. Bugun biz g'alaba qozonganimizdan xursandman. Hisob ancha yirik bo'lishiga qaramay, bu g'alabani juda qiyinchilik bilan qo'lga kiritdik.

Raqib jamoa ancha mazmunli o'ynadi, lekin futbolda sen urmasang senga urishadi degan naql bejizga aytilmaydi va barcha bu gaplarning isbotini ko'rdi. Bizda 4-5 ta imkoniyat bo'ldi va shulani 3 tasini golga aylantirdik. “Buxoro”da bizdan ham ko'proq imkoniyat bo'ldi, lekin ular gol urishni uddasidan chiqishmadi.

Raqibimizning bizdan oldingi bir nechta uchrashuvlarini ko'rib, tahlil qilgandik. Ancha jiddiy raqib ekanligi “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvlarini ko'riboq bilardik. Menimcha buxoroliklar ruhan sinib qolishgan. O'yin borasida doim barcha raqiblariga nisbatdan ustunlik qilishadi, lekin oxir-oqibat yutqazib qo'yishyapti. Bugun ham shuning guvohiga aylandik” – deya o'z so'zini yakunladi Mirsodiqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика