So’nggi yangiliklar

07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  11 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  8 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  2 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  3 22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  1 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  27 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Rustam Ashurmatov: "JCH-2013 menga poydevor bo'ldi" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "JCH-2013 menga poydevor bo'ldi"

BAA yashil maydonlarida bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida vakillarimiz ham ishtirok etib ijobiy natijaga erishganidan xabaringiz bor.
Ushbu terma jamoamiz sharafini bizga eski tanish  2 - raqam ostida himoya qilgan himoyachimiz Rustam Ashurmatov bilan suhbatlashdik.

- Rustam birinchi bo'lib BAAda bo'lib o'tgan Jahon chempionati-2013 yakunlari va xulosalari haqida aytib o'tsangiz.
- Xudoga shukur kerakli natijaga erishmagan bo'lsak ham ijobiy natija bilan ortga qayta oldik. Muxlislar kutgan natijaga erishdik deya olmayman lekin qo'limizdan kelgancha chiroyli harakat qildik. Futbolchilarimizdan bazilari kuchli klubning seleksionerlari kuzatuvi ostida bo'lib kelajakda ushbu musobaqa ularning katta faoliyatiga ijobiy tasir o'tkazadi desam bo'ladi.
 
O'zim haqimda to'xtaladigan bo'lsam , o'zim ham yomon o'yin ko'rsatdim deya olmayman. Imkoniyatim etguncha harakat qildim. Kelajakda ushbu turnir men uchun katta poydevor bo'lishi kerak va poydevor bo'ladi deb o'ylayman.

- Bevosita o'zingizga to'xtaladigan bo'lsak. Siz o'zingiz o'yiningizdan qay darajada ko'nglingiz to'ldi yoki o'z o'yingizdagi  xato va yutuqlar nimada deb o'ylaysiz?
- Bazi bir vaziyatlarda xato ham qildim, bazi bir vaziyatlarda yaxshi harakat ham qildim. Asosiysini aytadigan bo'lsam o'zimni o'yinimdan 100% qoniqish hosil qilmadim. Hali ko'rib chiqish uchun vaqtni ajrata olmadim. Hozirda Samarqanddagi turnirda ishtirok etmoqdamiz va qayta ko'rib chiqishim shart.

- Hammamizga malumki o'smirlarimiz nimchorak finalga qadar etib kelib qaysidir manoda hammani xursand etdi. SHunga qaramay Gondurasga uchralgan mag'lubiyat va nimchorak finalda qolib ketishi o'tgan mundialda o'smirlarimiz ko'rsatgan natija bilan bevosita qiyoslanadi. Bu borada qanday fikrdasiz?
- Bu albatta ijobiydir. Halqimiz yaxshi natijalarga ko'nikib qolgan va biz buni bajarishim kerak edi. 1994-yil to'g'ilgan o'smirlarimizda iborat terma jamoamiz chorak finalgacha muvaffaqiyatli etib borgan edi. Bizda yana shunday bosim bor ediki biz bu natijaga nafaqat erishishimiz balki bundan ortig'ini ham amalga oshirish bosimi bor edi. Buni yaxshi his qilgandik va bizga mana shu bosim ham salbiy rol o'ynadi deya olaman. Nimchorak finaldagi asabiylik bunda ko'rindi. Bizni oldimizda yarim finalga chiqish vazifasi bor edi va shuni hisobiga ularni , boshqacharoq aytganda soyasida qolib ketdik. Yana shuni qo'shimcha qilishim mumkinki avvalgi o'smirlarimiz kuchli sakkizlikka kirgan bo'lsa ham ulardan deyarli barchasi ko'rinmay  ketdi. Bizning terma jamoada bunday bo'lmasligi kerak. Ulardan ko'pchiligi katta klublarda o'ynashga munosibdir.

- Mundialdan so'ng ko'rinmay ketgan o'smirlarimiz haqida gap ketganda bu borada sizda qanday takliflar bo'ldi yoki ushbu jamoadagi boshqa bir futbolchilarga?
- Aynan menga aniq bir taklif bilan chiqqan klub haqida eshitganim yo'q. SHunga qaramay bir necha jamoadoshlarimga aniq takliflar bo'lgani va kelishuvlar bo'lgani haqida xabarim bor. Bundan xursand bo'ldim va hozir aynan kimlarning qaysi jamoaga taklif etilgani borasida ayta olmayman. Yaqin vaqtlar ichida bu o'smirlarimizda bir nechtasi xorij klublariga yo'l olsa ajablanmayman. Bu borada aniq takliflar bo'lgan va yaqinda barchasi asta sekinlik bilan malum bo'ladi.

- O'smirlarimiz ushbu natijadan ko'ra yaxshiroq ko'rsatkichga ega bo'lishlari ham mumkin edi. Agar... davom ettira olasizmi qolganini?
- Meksikadagi o'yin etakchilarga asoslangan taktikaga asoslangan edi va bu bizda jamoaviy o'yin ko'rsatishga yo'naltirildi. Bu aynan mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi deya olmayman lekin bizda yaxshi jamoaviy o'yin shakllangan edi. Gonduras to'sig'idan o'ta olmasligimizga sababni esa men g'alabaga oldindan ishonch sabab bo'ldi deb ko'rsatishim mumkin. Bizda oldindan huddiki Gondurasni mag'lub etganmiz degan ishonch kelib chiqdi va bu bizga qimmatga tushdi. Ustiga ustak ushbu uchrashuvda kam bo'lib qolganimizdan so'ng hamma vaziyatni qo'ldan chiqarib yubordik. Xatolarimizni tan olishimiz kerak va shunda buni takrorlamasdik deb o'ylayman. Penaltini kutdik va gol o'tkazib yuborgandan so'ng vaziyat butunlay ostun-ustun bo'lib ketdi.

- O'smirlarimizning guruhdan muvaffaqiyatli o'tishiga raqiblarning kuchsizligi sabab bo'ldimi yoki terma jamoamizning kuchli o'yini deb o'ylaysiz?
- Guruhimizni umuman kuchsiz deb baholamagan bo'lar edim. Marokash o'smirlari juda kuchli edi va undan tashqari Xorvatiya ham bir necha etakchilarga ega jamoa edi. Ularda jahon klublarida o'ynaydigan futbolchilari juda ko'p edi. Bizda faqat o'smirlarimiz Milliy chempionatimiz futbolchilaridan iboratdir. O'smirlar terma jamoamiz kuchli jamoa hisoblanadi.

- Endi suhbatimiz mavzusini ozgina o'zgartirsak. Rustam Ashurmatov nomi aytilishi bilan hammada bitta fikr tilga olinadi. Ayniqsa o'yinlaringizni ko'rsak , 2- raqam va himoyada buni futbol muxlislari tezda ilg'ab oladi.
- Ha albatta. Har doim hammaga malum bo'lgan bitta fikr bu tog'am Baxtiyor Ashurmatovga qaratiladi. Buni bilaman va his qilaman. Bu menga bosim ham o'tkazishi mumkin. Aslini olganda men futbolga 6 yoshimdan kirib kelganman. Bunga kirib kelishimga tog'am emas bobom sababchi bo'lgan edilar. To'g'ri baribir muxlislardan shunday fikrlar eshitib qolganimda xafa bo'lib ketaman. Men futbolga tog'amni kuchi bilan emas o'z kuchim bilan kirib kelganman va o'z o'rnimni topmoqchiman. Besh yildan buyun "Bunyodkor" futbol klubida futbol sirlarini tajribali murabbiylardan o'rganib kelmoqdaman. Hozirda jamoaning Birinchi ligadagi klubi safida o'ynamoqdaman. Terma jamoaga kelishimga ham, "Bunyodkor"ga kirishimga ham tog'am Baxtiyor Ashurmatov hech qanday rol o'ynamagan. Faqat menga o'z ko'rsatmalari va xatolarimni aytib boradi. Meni futbolga bobom olib kirgan va buning uchun bobomga har doim katta rahmat aytaman. Endi "Bunyodkor"da o'z o'rnimni topib bormoqchiman. Albatta kuchli klubga o'tsam shu klub albatta sababchi bo'ladi.

- Futboldan boshqa o'zingiz qiziqadigan mavzular haqida ham aytib o'tsangiz?
- Futboldan boshqa hozir hayolimga hech narsa kelgani yo'q. Ko'p vaqt bo'ldi boshqa hech qanday mashg'ulot o'tkazmaganimga. Yolg'on gapirmaymanu o'qishni ham bir chetga surib qo'yganligim ham rost. Bu xato  bo'lsa ham ochig'ini aytishim kerak.

- Kelajakdan kutgan maqsadlaringiz va rejalaringiz?

- Albatta o'z oldimga qo'ygan eng katta maqsadim bitta. U ham bo'lsa terma jamoamiz bilan Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etish va himoyamizni qo'riqlashdir. Mana shu 2-raqam va himoya menga omad keltirishi uchun o'zim harakat qilishim kerak va shunda maqsadimga erishaman. Buning uchun albatta kuchli xorij klublarida o'ynashim va terma jamoamga foydam tegsa bo'lgani.


Humoyun Davurov suxbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика