Rustam Ashurmatov: "Muvaffaqiyatsizlikda barchaning aybi bor"
01 iyu 2015 00:23
Yangiliklar


Rustam Ashurmatov: "Muvaffaqiyatsizlikda barchaning aybi bor"
Yangi Zelandiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida O'zbekiston U20 jamoasi chorak finalda o'z yurishini to'xtatgan edi.
Sport telekanali orqali efirga uzatilgan "Soccer club" ko'rsatuvida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov mundialda ko'zlangan maqsadga eta olishmaganida o'zbek futbolidagi barchani ayblab o'tdi.
"Biz yarim finalga chiqishni bosh maqsad qilgandik. Biroq mundialda ko'zlangan maqsadga erisha olmadik. Bunda futbolga aloqador barcha aybdor. Biz futbolchilar ham, murabbiylar ham, umuman futbol jamoatchiligidagi hamma birdek aybdor", - deydi "Bunyodkor" himoyachisi Rustam Ashurmatov.

Fikrlar