So’nggi yangiliklar

22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  7 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2

Rustam Ashurmatov: "Mirjalol Qosimov talabchan murabbiy" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Mirjalol Qosimov talabchan murabbiy"

Yakunlangan mavsum Bunyodkor uchun tekis o'tgani yo'q, qaldirg'ochlar chempionatni 4-o'rinda yakunlab, sovrinsiz qolishdi.

Boz ustiga, O'zbekiston kubogi final uchrashuvida tashabbusga ega bo'la turib, «Lokomotiv»ga imkoniyatni boy berishdi. Oqibatda OCHL yo'llanmasi «Paxtakor»ga nasib etdi. Xullas, «Bunyodkor» o'z tarixida ilk bor qitaning eng nufuzli klublar turnirida ishtirok etmaydigan bo'ldi.

Bunga birinchi davrada meyoridan ko'p ochko yo'qotilgani sababdir. Jamoaning istedodli himoyachisi Rustam Ashurmatov bu borada qanday fikrda? Qiziqsangiz, marhamat, uning intervyusiga etibor qarating.

- Rustam, «Bunyodkor» mavsum uchun qo'yilgan vazifalarni bajarolmadi. Yakunda sovrinsiz qolish alam uyg'otgandir...

- Ha, bu juda alamli. Aslida sovrin yutishga munosib edik. Har holda, yil davomida, ayniqsa, ikkinchi davrada qattiq ishladik. Ammo futbol shunaqa - kimdir yutadi, boshqasi yutqazadi.

Nachora, kamchiliklardan to'g'ri xulosa chiqargan holda, endi kelasi mavsumga yanada jiddiyroq yondashamiz. Xullas, nasib qilsa, faqat chempionlik uchun kurashamiz.

- «Lokomotiv»ga qarshi kechgan o'yinlarda mag'lubiyatni tan oldinglar. Bu joriy mavsum «temiryo'lchilar» sizlardan darhaqiqat, ustun bo'lishganidan ishorami?

- «Loko» bejiz qatorasiga ikkinchi marta chempionlik shohsupasiga ko'tarilmadi. Lekin shaxsiy fikrimni bildirsam, o'zaro o'yinlarimizda «Lokomotiv»ga shunchaki, omad ham kulib boqdi. Ayniqsa, kubok finalida. Axir gol urish uchun bizda ko'proq imkoniyat yuzaga kelgandi.

- Jamoaga Mirjalol Qosimov qaytganidan so'ng o'yin sifati ham, natija ham yaxshilandi. U futbolchilarni qay tarzda ruhlantirdi, nimalarni o'zgartirdi?

- Mirjalol Qo'shoqovich tajribali va talabchan murabbiy, qaysi payt qanday o'ynash kerakligini juda yaxshi biladi. Eng katta plyusi ham shu - o'yinlarga to'g'ri munosabat.

- Deylik, Qosimov o'z boshqaruvidagi ilk uchrashuvdan oldin aynan nimalarga etibor qaratgandi?

- Birinchi galda, ruhiy tayyorgarlikka. CHunki o'sha payt omadsizlar sabab, futbolchilarda kayfiyatsizlik sezilayotgandi. So'zlaridan aniq iqtibos keltirsam, shunday degandi:

«Bunyodkor»dek klubga turnir jadvali pastki pog'onalarida yurish sira yarashmaydi. Sizlarni bilmadimu, lekin shaxsan men mag'lubiyatni hazm qilolmayman». Qisqasi, shunday yondashuvni ongimizga singdirishga harakat qildi. Ochig'i, Mirjalol Qo'shoqovichning so'zlari bizga kuchli tasir qildi. Bunga ikkinchi davradagi o'yinlarimiz isbot. 

- Umuman, «Bunyodkor»ga sovrinli o'rinlardan birini egallash uchun omad etishmaganidan tashqari, yana qanday omillar to'sqinlik qildi?

- Barchasiga o'zimiz aybdormiz. Keraksiz joyda zarur ochkolarni boy berdik. Eng katta kamchilik - barqaror o'ynamaslik. Oddiy aytganda, bir maromda harakat qilolmadik.

Ko'pchilik bu holatni «Bunyodkor» tarkibida asosan yoshlar to'planishgani bilan bog'laydi. Ammo bu fikrga qo'shilmayman. Axir yoshdek ko'rinayotgan shu futbolchilar oliy liga va OCHLda etarli tajriba hosil qilishgan. Qolaversa, bizda tajribali futbolchilar ham bor. 

- Endi «Bunyodkor» o'z tarixida ilk bor OCHLda qatnashmaydi...

- Nachora, shunday bo'lishi kerak ekan, chidaymiz-da.

- Jamoangiz yoshlarni kashf etish bobida yurtimizda etakchilar qatorida. Xo'sh, bu yil kimlar kashfiyot maqomiga munosib o'ynashdi, sizningcha?

- Bunday yoshlar ko'p - Farrux Ikromov, Davron Umirov, Nurillo To'xtasinov...

- Oliy liga-2017da kuzatilgan voqealar orasida eng kutilmagan 3tasini aytsangiz...

- Birinchisi - jamoamizning OCHL yo'llanmasidan quruq qolgani. SHuningdek, kelasi mavsum oliy ligada 12ta jamoa qatnashishi haqidagi qarorni ham hech kim kutmagandi. «Obod»ning chetlatilgani ham kutilmagan voqea, albatta.

- «Bunyodkor»ning omadsiz o'yinlari reytingi tuzib chiqilsa, u qanday ko'rinish oladi?

- SHubhasiz, bunday ro'yxatning 1-qatoriga kubok finali qo'yiladi. Safarda «Qizilqum»ga qarshi kechgan dramatik va gollarga boy o'yinimiz 2-o'rindan joy oladi. O'sha uchrashuvda qimmatli 2 ochkodan mahrum bo'lgandik.

SHaxsan men o'z maydonimizda «Paxtakor» bilan bo'lgan o'yinni 3-o'ringa qo'yardim. SHu uchrashuvlar biz uchun chinakamiga omadsiz kechdi. Yana G'uzorda «SHo'rtan»ga imkoniyat boy berilgan o'yinni ham unumaslik kerak.

- Muxlis nigohi bilan qaraganda, o'z harakatlaringizdan nechog'li qoniqdingiz? O'yiningizda o'sish sezildimi?

- Buni murabbiylardan so'raganingiz maqulroq. Eng xolis bahoni mutaxassislar, jurnalistlar va muxlislar berishadi. SHaxsiy fikrimga kelsak, mavsumning alo darajada o'tkazganimni aytolmayman. To'g'ri, yomon ham o'ynamadim. Boz ustiga, birinchi davrada orttirilgan jarohat tasir qilmay qolmadi, baribir. 

- Yangi format asosida o'tkaziladigan Super-ligaga qanday qaraysiz?

- 12ta jamoa ishtirok etishini hisobga olsak, o'yinlar qadri ancha oshadi, albatta. Demak, yuqori darajali raqobatga shaylanishimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика