So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Rustam Ashurmatov: "Jamoaviy o'yin bo'yicha Qatardan ustunroqmiz" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Jamoaviy o'yin bo'yicha Qatardan ustunroqmiz"

JCH-2026 saralishidan o'rin olgan Qatar – O'zbekiston uchrashuvi haqida milliy jamoa futbolchisi Rustam Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

– Rustam, terma jamoaga eng oxirgilardan bo'lib etib keldingiz. Parvozlardan charchab qolmadingizmi?

– Yo'q, charchoqlar chiqdi. Dam olishga ulgurdik. 

– Muhim o'yin arafasidamiz. O'tgan o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yubordingiz. Tomoshabin sifatida o'yinni kuzatish qanchalik qiyin bo'ldi?

– Juda qiyin. Sababi, jamoaga yordam bera olmaysiz. Bu ikki karra qiyin. 

– BAA saralash boshida Qatarni sensacion tarzda mag'lubiyatga uchratgandi. Ikkala jamoa ham bir-biriga yaqin...

- Sensaciya demagan bo'lardim. CHunki ikkala jamoa ham bir-biriga yaqin jamoa. O'sha o'yinda istalgan jamoa g'alaba qozonishi mumkin edi. 

- Qatar jamoasini qaysi jihatlaridan xavfsirash kerak? O'z navbatida bizning ulardan qanday ustun jihatimiz bor?

- Jamoaviy o'yin bizda kuchliroq. Futbolchilarimizda o'yin amaliyoti ham ko'proq. SHuni ustunlik jihatimiz desak bo'ladi. 

- Oston O'runov Qatarga qarshi o'yinda jarohat sabab maydonga tusha olmaydi. Jaloliddin Masharipovning ham sog'lig'ida muammolar bo'lishi mumkinligini ko'ryapmiz. Oldingi chizig'imiz sal bo'lsa ham xavotirga solyaptimi?

- Yo'q, o'ylaymanki Masharipov maydonga tushadi. Yigitlar Ostonni o'rnini bildirmaslikka harakat qilishadi. Uni o'rnini bosadigan o'yinchilarimiz bor. 

- O'zingizni holatingiz haqida gapirsangiz. Oxirgi o'yinlarda muntazam maydonga tushyapsiz...

- Meni holatim yaxshi. Ko'z tegmasin, kayfiyatim ham yaxshi. O'yindan keyini ham shu kayfiyatda qolamiz deb umid qilaman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика