So’nggi yangiliklar

23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  18 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  5 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  6 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  4 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  178 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  11 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  2 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  2

Rustam Ashurmatov: "Har qanday terma jamoa bilan o'ynay olamiz" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Har qanday terma jamoa bilan o'ynay olamiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashg'ulotidan oldin himoyachi Rustam Ashurmatov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kayfiyat alo darajada, jamoadoshlarimni ko'rganimdan so'ng yanada ko'tarildi. Jismoniy holatimni zo'r deya olmayman. Sababi avvalgi yig'indan so'ng Toshkentda qoldim. "Bunyodkor", bir marotaba "Qo'qon-1912" jamoasi mashg'ulotida ishtirok etdim. Ayni paytda holatim yaxshi. O'yinlarga qadar yanada yaxshiroq holatga kirib olishga harakat qilaman. 

Koreya chempionatida jamoamning qayd etgan natijasidan qoniqdim deya olaman. Mavsumni oltinchi o'rinda yakunladik, avval jamoamiz bu o'ringa chiqmagan edi. Klubdagi futbolchilar, murabbiylar va rahbarlarning kayfiyati alo degan bo'lardim. Keyingi mavsumga qadar yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz. 

Arab jamoalari bilan o'ynash har doim qiyin bo'lgan. Har qanday terma jamoa bilan o'ynay olamiz. Futbolchilar ham bunga ishonadi. Faqat o'z o'yinimizni ko'rsatsak muammo bo'lmaydi deb o'ylayman. Koreyada mavsum yakunlangani sababli yig'indan so'ng Toshkentda qolaman. Bir muddat dam olaman va klub bilan hozirlikni davom ettiraman. Klub bilan shartnomam fevral oyida yakunlanadi, shundan keyingina takliflarni ko'rib chiqaman",- deydi Rustam Ashurmatov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика