So’nggi yangiliklar

22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  3 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  5 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  3 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0

Rustam Akramov: “Qosimovning qarorini qo'llab-quvvatlayman” Yangiliklar

Rustam Akramov: “Qosimovning qarorini qo'llab-quvvatlayman”

O'tgan haftaning eng muhim voqeasi Mirjalol Qosimovning “Bunyodkor”ni tark etgani bilan bog'liq bo'ldi.
Bundan buyon u bor etiborini milliy terma jamoadagi faoliyatiga qaratishni lozim topdi. Tabiiyki, uning bunday qarori keng jamoatchilikning etiborini tortdi. Futbol professori, terma jamoalar markazida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Rustam Akramov ham Qosimovning ushbu qarorini qo'llab-quvvatladi. Bundan tashqari yana ayrim dolzarb masalalarga o'z munosabatini bildirdi. 

- Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”ni tark etib asosiy etiborini terma jamoadagi ishiga qaratadigan bo'ldi. Bu borada sizning munosabatingiz qanday bo'ldi?
- Mirjalol Qosimov to'g'ri qaror qabul qildi. Unga oxirgi paytlarda qiyin bo'layotgandi. CHunki “Bunyodkor” oldiga ham o'ziga yarasha puxta va jiddiy maqsadlar qo'yilgan. Bu jamoa hamisha ijobiy natijalar ko'rsatishga odatlangan. O'tgan yili chempionlikni va Kubokni qo'lga kiritdi. Bu yil superkubokda muvaffaqiyatga erishdi. Umuman, yangi mavsumda ham Qosimov oldiga jiddiy vazifalar qo'yilgandi. O'z navbatida terma jamoada ham uning oldiga yanada katta va ulkan maqsadlar qo'yilgan. Sentyabrda Janubiy Koreyada Osiyo o'yinlari bo'ladi. 2015 yilning yanvar oyida esa Avstraliyada Osiyo Kubogi o'tkaziladi. Undan keyin 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash uchrashuvlari boshlanadi. Bitta murabbiyga ikkita jamoada o'ta jiddiy vazifalarni bajarish bu xaddan ortiq mushkul ish. Hozirgi kunda jahon futbolida tendeciya ro'y beryapti. Bazi jamoalardagi o'yinchilar terma jamoalarda o'ynashni unchalik xohlashmayapti. Germaniyadagi malumotni ko'rib ochig'i hayron qoldim. U erda to'p surayotgan futbolchilarning 65 nafari o'z terma jamoalarida o'ynashga qarshilik bildirishgan. Bunday holatlar jahon futbolida uchrab turibdi. Bunday salbiy narsalarning oldini olish uchun biz ham ichki chempionatimizdagi futbolchilarga yanada ko'proq etiborni oshirishimiz lozim. Buning uchun esa ular doimiy kuzatuvda bo'lishi shart. SHuning uchun Qosimovning qaroriga qo'shilaman va hurmat qilaman. Ana endi Mirjalol Qo'shoqovich ichki chempionatimizdagi futbolchilarni ko'proq kuzatish imkoniga ega bo'ladi. Biz ham unga ertalabdan kechgacha yordam beramiz.

- Nima deb o'ylaysiz, Mirjalol Qosimov ushbu qarorga ertaroq kelishi kerakmidi yoki buning fursati endi etmidi?
- To'g'ri aytasiz, balki ertaroq ketishi ham mumkin edi. Lekin o'sha paytda “Bunyodkor” bilan muvaffaqiyatlarga erisha olarmidi? Qolaversa, u futbolchilarni o'zi tarbiyalab, o'zi tayyorladi va barchasi uning uchun farzandidek bo'lib qolgandi. Qilgan mehnatlarining samarasini ko'rishni xohlagani ham tabiiy. Murabbiy uchun bunday qarorga kelishning o'zi qiyin qaror. Mirjalol Qo'shoqovich bu borada ko'p o'ylagandir, ichki xissiyotlariga quloq solgandir. Endi butun masuliyat bilan terma jamoada ishlaydi. Uning ortida 30 million xalqimiz turibdi. Nima bo'lgan taqdirda ham baribir murabbiyga har tomonlama yordam beramiz.

- Terma jamoalar markazining bundan keyingi rejalari nimalardan iborat?
- Rejalarimiz juda ko'p. Dekabr-yanvar oylarida alohida rejalar ishlab chiqqandik. Endi esa rejalarimizni o'zgartirishimiz kerak. Sentyabrda Osiyo o'yinlari o'tkaziladi. Terma jamoamiz yaxshi natija ko'rsatishi uchun tayyorgarlikni ham shunga yarasha yaratib berishimiz darkor. O'rtoqlik uchrashuvlarini ham ko'proq tashkil etmoqchimiz. Osiyo o'yinlaridan so'ng asosiy etibor o'z-o'zidan Osiyo Kubogiga qaratiladi. 

- Janubiy Koreyadagi Osiyo o'yinlarida olimpiya terma jamoamiz SHuhrat Maqsudov boshchiligida qatnashishi ko'zda tutilgandi. Endi esa ushbu turnirga jamoani Mirjalol Qosimov tayyorlab uning o'zi boshchilik qiladimi?  
- Kimnidir alohida aytmoqchi emasman. Mirjalol Qosimov bilan SHuhrat Maqsudov birgalikda ish olib borishadi. Uning yoki buning jamoasi deb bo'lmaydi. Muhimi, hamma bir jamoa sifatida ahillik bilan ishlaydi.

- Milliy terma jamoamizning o'rtoqlik o'yinlaridagi raqiblari xususida malumotlar berilmoqda. Siz bu haqida nima deya olasiz?
- Asqar Tolibjonov bilan Mirjalol Qosimov yaqinda Avstraliyadan kelishdi. O'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish borasida 4-5ta jamoalar bilan gaplashib qo'yishgan. Bu boradagi raqiblar jiddiy deb ayta olaman. Lekin men kimnidir aniq deb aytmayman. Yaxshisi, Asqar Tolibjonov bu borada aniq malumotni beradi.

- Osiyo Kubogida guruhdagi raqiblarimiz ham malum bo'ldi. Aytingchi, mutaxassis sifatida fikringiz qanday?
- Biz uchun yaxshi guruh nasib qildi. Saudiya Arabistoni terma jamoasini yutsa bo'ladi. Ikl bor 1994 yili Osiyo chempionatida ularni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandik. Undn keyin ham yaxshi o'yinlar ko'rsatib bu jamoani engganmiz. Umuman aytganda, Xitoyni ham, QXDRni ham yutsa bo'ladi. Bu qo'limizdan keladigan vazifa. Men ushbu o'yinlarga optimistik ko'z bilan qarayapman.

- Osiyo Kubogida terma jamoamizning muvaffaqiyatli qatnasha olishiga ishonchingiz komilmi?
- G'alabalarga ishonishimiz kerak. Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz uchun tayyorgarlikni yuqori darajada olib borish muhim. Aytishim kerakki, mashg'ulotlarni xuddi shunday yuqori saviyada olib boramiz, bu borada mening ishonchim komil. Umid qilamanki, tayyorgarlik yaxshi bo'ladi va natijalar ham bizni qoniqtiradigan holatda amalga oshadi.

- 2014 yilda xalqaro maydonlardagi ishtirokimiz nimagadir qoniqarsiz kechmoqda. Avvaliga olimpiya terma jamoamiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatsiz qatnashdi. Keyin “Lokomotiv” bilan “Nasaf” Osiyo chempionlar Ligasi pley-offida yutqazishdi. “Bunyodkor” bo'lsa guruh bahslarini omadsiz o'tkazmoqda deyarli nimchorak finalga chiqish imkoniyatini yo'qotdi. Sizningcha, xalqaro maydonlardagi qoniqarsiz natijalarimizning sababi nimada?
- Hammasini alohida-alohida tahlil qilishimiz kerak. Klublar miqyosida qaraydigan bo'lsak, Quvayt va Qatar klublarida xorijlik o'yinchilarni ko'plab uchratish mumkin. Ularning narxlari o'ta qimmatbaho. Biz esa ularga ketadigan mablag'larni yaxshisi o'zimizning yoshlarga sarflaganimiz maqul. CHunki bizda qanday futbolchilar etishib chiqqanini bir eslang. Krasnickiy, Abduraimov, An... Xadzipanagis o'zimizdan chiqqan futbolchi edi. Keyinchalik Greciyaga ketib faoliyatini o'sha erda davom ettirdi. Buni qarangki, u Greciyaning 20-asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Umuman olganda, hozirgi o'yinchilarimiz orasida ham kelajagi porloq yigitlarimiz etishib chiqmoqda. Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov, Sardor Sobirxo'jaev va yana boshqa yigitlarimiz ham bor. Eng kamida 50-60 talantli o'yinchilarimiz voyaga etmoqda. Katta mablag'larni sarflab o'yinchilarni sotib olsa shunga yarasha natija bo'ladimi, o'zi? Bu borada raqobat asosan jamoalarning kim qanchaga o'yinchi sotib olganligi bilan barobar bo'lib qoldi.

- Mutaxassis sifatida bu yilgi chempionatimizdan nimalarni kutyapsiz?
- Nimani kutyapman? Birinchi navbatda “Paxtakor”ni tilga olmoqchiman. Aynan ushbu klubdan ko'p narsalarni kutyapman. Jamoadagi yoshlarning o'zlarini ko'rsatadigan fursati etdi. SHuningdek, “Bunyodkor” o'z poziciyasida mustahkam turib  o'tgan yilgi natijalarni takrorlay olishiga harakat qiladi. “Nasaf” ham yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Yaqinda Ro'ziqul Berdiev yonimga kelib men sizning shogirdingizman deb quchoqlab ketdi va bundan mening kayfiyatim ko'tarildi. Ularning ortidan “Olmaliq” juda yaxshi jamoa sifatida shakllanib kelyapti. Igor SHkvirin qo'l ostimda o'ynagan. U aqlli murabbiy, madaniyati ham yuqori. Bunday murabbiy ustozlik qilayotgan klub albatta o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yishi kerak. “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” kabi jamoalarning o'z yo'nalishi bor. “Lokomotiv”ga kelsak, jamoaning rahbariyatini hurmat qilaman. Lekin klubning akademiyasi bo'lishi lozim. Axir iqtidorli o'yinchilarni kim etishtib beradi? Jamoaning poydevori bo'lishi juda muhim. “Bunyodkor”, “Paxtakor” hamda “Nasaf”ni alohida aytgan bo'lardim. Ayniqsa, “paxtakorchi”larning ish uslubini hamma uchun o'rnak qilib ko'rsatsa bo'ladi. “Bunyodkor” ham o'z akademiyasiga ega va bu O'zbekistondagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Etibor beryapsizmi, asta-sekin klub o'z tarbiyalanuvchilariga ko'proq etibor beryapti va ularni asosiy tarkibda ko'ryapmiz. Yuqorida aytib o'tgan uchchala jamoaga “Lokomotiv” bilan “Olmaliq” jiddiy qarshilik ko'rsatadi deb o'ylayapman. Andijonda ham futbol uchun hamma narsa yaratilgan. U erda futbol maktab-internatlari juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ayniqsa, futbolga ixtisoslashtirilgan futbol internati har qanday maqtovga sazovor. Bunday barcha qulayliklarga ega bo'lgan dargohda albatta mamlakatimiz uchun foyda keltiradigan ko'plab o'yinchilar etishib chiqadi. Viloyatning bosh jamoasi esa mavsumni kutilganidek boshlay olmadi. To'g'ri, dastlabki o'yinlarni jiddiy raqiblarga qarshi o'tkazdilar. Ammo o'z maydonida “Mashal”ga yutqazib qo'yishgani andijonliklarning kayfiyatini tushib yubordi. Ammo jamoaning muvaffaqiyatlariga ishonish kerak. Azamat Abduraimovni aqlli murabbiy deb bilaman. CHunki u qo'l ostimda tarbiya olgan. Faqat o'zini ko'rsatishini kutish kerak. Ammo bunga klub rahbarlari va muxlislari chiday olishadimi-yo'qmi, buni bilmayman. CHempionat yaqindagina boshlandi, oldinda yana etti oy bor. Muxlislarni esa oldinda haqiqiy intriga kutib turibdi. Ammo Andijondan ko'plab iqtidorli futbolchilar chiqyapti. Buning ustiga viloyat futbol federaciyasi bajarayotgan ishlar ham tahsinga loyiq. U erda o'z ishiga jiddiy masuliyat bilan yondoshadigan mutaxassislar faoliyat olib borishyapti. SHu sababli Andijon futbol federaciyasidan ko'ngil to'q.  

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика