Rustam Akramov: “Andijon”ning o'yini birinchi ligaga mos”
12 sen 2014 11:00
Yangiliklar
Rustam Akramov: “Andijon”ning o'yini birinchi ligaga mos”
Taniqli mutaxassis, futbol professori Rustam Akramov “Futbol Ekspress” gazetasiga bergan intervyusida “Andijon” futbol klubi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Rustam Akramovich o'z intervyusida jamoa namoyish etayotgan futbol oliy ligaga mos emasligini takidlab o'tdi:
“O'z vaqtida Islom Ahmedov “O'z-Dong Ju”ni oliy ligaga olib chiqqandi. O'shanda Ahmedovga 4-5 nafar yaxshi futbolchilarni taklif qilmasang ishing chatoq bo'ladi degandim. Lekin oxirida nima bo'ldi? Azamat Abduraimov - yaxshi mutaxassis. Lekin u ham jamoani oliy ligaga olib chiqqach, birinchi ligaga tushib ketmasak bo'ldi qabilida ish yuritdi. Bu esa eng katta xato bo'ldi”.
“Stadionga ko'plab muxlislar kelayotgan bo'lsa-da, “Andijon” hamon birinchi liga darajasida o'ynayapti. Jamoa oliy ligada munosib o'rinlardan birini egallamoqchi bo'lsa, bir nechta mahoratli futbolchilarga ega bo'lishi lozim. Ammo bu katta mablag'ni talab qiladi. “Andijon” bu yil oliy ligadan tushib ketadimi-yo'qmi, buni bilmayman, chunki oldinda hali sakkizta tur bor”.

championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar